Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


XX asr oxirida jahon mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport


Download 0.83 Mb.
bet27/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

6. XX asr oxirida jahon mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.
So'nggi 10 yilliklar davrida jahondagi yirik mamlakatlarda davlatning milliy sport harakati bilan uzviy ravishda hamkorlik qilish faoliyatlari ko‘zga tashlanmoqda. Buning negizida, asosan aholining salomatligini yaxshilash jamo- atchilik tartibi hamda milliy xususiyatlami himoya qilish maqsadlari mujassamlashmoqda. Shu asosda ko'pgina mam- lakatlaming hukumat doiralari sport harakati faoliyatlarini qoilab-quwatlash bilan birgalikda sportning eng yuqori nati- jalariga erishish tizimini ham ma’qullamoqda. Ko‘p davlatlarda sport vazirligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina Yevropa mamlakatlarida bunday vazirliklar 14 taga yetib bordi. Ba’zi davlatlarda bu vazifalar vazirlikka o‘xshash sport bo'yicha Oliy Kengash zimmasida, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Gretsiya, Portugaliya, Finlyandiya, Estoniya kabi mamlakatlarda esa ta’lim, madaniyat vazirligi na- zoratidadir. Ularda mavjud maxsus bolimlar hukumat vazi- fasini bajaradi. Davlat idoralari va jamoatchilikka tegishli jismoniy ma- daniyat-sport tashkilotlarining mustahkam aloqadorligi ommaviy jismoniy madaniyat va sport sohasida umummffliy si- yosatni shakllantirishga qaratilgan. 90-yillarda ko‘pgina mamlakatlarda sportning oliy tizimini, ya’ni davlat va jamoat organlarini birlashtirish mu- nosabatlari kuzatildi. Daniya va Niderlandiyada Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) sport konfederatsiyasi bilan bir- lashtirildi. 1995-yil boshida Norvegiyada ham shu holat yuz berdi. Shunga o'xshash faoliyatlar taraqqiyot yo'lidagi barcha mamlakatlar, Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda ba’zi sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil respublikalarda ham uchraydi. Sport sohasi bo'yicha vazirlikka ega bo'lmagan davlatlar, ya’ni GFR va Shveysariyada jismoniy tarbiya va sport ishlari Ichki ishlar vazirligi, Shvetsiyada — Moliya vazirligi, Yaponiyada — Ta’lim va madaniyat vazirligi tomonidan boshqari- ladi. Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlarda esa bunday tuzilish bir-biriga birlashtirilgan. Sport vazirliklari huzurida maxsus qo'mitalar tashkil etilgan bo'lib, ular zimmasiga barcha tashkilotlar faoliyatini mu- vofiqlashtiigan holda olib borish yuklatiladi, ya’ni klublardan tortib to vazirliklargacha ular rahbarligi ostida bo'ladi. 90-yillarda yirik mamlakatlarda sportni moliyalashtirish bilan birgalikda sport inshootlarini qurish, ularni o'z ixtiyo- rida saqlash, sog'lomlashtirish markazlari, sport klublar, yuqori darajadagi sportchilami tayyorlash, ulami muhofaza qilish, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot, axborot, sportni mavjud qonunlar asosida ta’minlash kabi muhim masalalami o'z ixtiyoriga olgan.
90-yillaming boshlarigacha mamlakatlar sotsialistik va kapitalistik tizim deb atalgan ikkita katta guruhga ajralib ta­raqqiy qildi. G'arb davlatlari, AQSH, Yaponiyada jismoniy tarbiya va sport o'ziga xos tarzda, sobiq Ittifoq va uning ta rafdorlarida yana o'zgacha sharoit va imtiyozlar doirasida rivojlandi.
Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi qit’alaridagi taraqqiyot yo'lidan boigan mamlakatlarda hozirgi zamon sport harakati uchinchi yo‘nalish bo'yicha borib ancha takomillashmoqda.
Bularning eng muhim sabablari shundaki, xalqaro sport musobaqalari, jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari yu­qori saviyada o ‘tkazib borildi.
Sobiq Ittifoqning barham topishi tufayli (1991) mustaqil davlatlar ko‘paydi. Sotsialistik tuzumdagi mamlakatlar milliy sport harakatlarini jahon an’analariga moslashtirmoqda.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling