Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet54/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

«Universiada -2002» dasturidagi sport turlari buyicha o‘rinlar ya’ni: 1-o‘rinni basketbol bo‘yicha (erkaklar va ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, futbol bo‘yicha - Buxoro viloyati, voleybol (erkaklar va ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, tennis bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, stol tennisi bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, shaxmat bo‘yicha - Samarqand viloyati, milliy kurash bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, belbog‘li kurash bo‘yicha - Andijon viloyati, yengil atletika bo‘yicha -Toshkent-I jamoasi, suzish bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, qo‘l to‘pi bo‘yicha - (erkaklar va ayollar) o‘rtasida Toshkent-I, dzyudo bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi egallashdi.
«Universiada -2002» musobaqasida g‘oliblarni taqdirlash uchun medallar, diplomlar va qimmatbaho sovrinlar va xomiylar tomonidan sovg‘alar topshirildi. G‘olib terma jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi 3 ta «DAMAS» rusumli avtomashina sovg‘a kilindi.
«Universiada -2002» musobaqalarini o‘tkazish uchun Buxoro shahridan 20000 kishilik stadion jahon standartlariga mos qilib qurildi. Musobaqalarning ochilishi, yopilishi, yengil atletika musobaqalarning ushbu uyingohda tashkil qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
«Universiada -2004» sport musobaqalari final bosqichi musobaqalarida Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri jamoalari ishtirokini tahlil qilinganda, Respublika hududlarida joylashgan 61 ta oliy ta’lim muassasalarida mazkur musobaqa «Nizom»i asosida «Universiada -2004» sport musobaqalarining 1-bosqichi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan musobaqalarida 130000 nafar (81600 nafar yigitlar va 49000 nafar qizlar) talabalar ishtirok etgan.
Toshkent shahrida 2007 yil 21-24 iyun kunlari «Universiada -2007» sport musobaqalari 12 ta sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda jami 146212 talaba shundan, 52635 qizlar va 93577 yigitlar ishtirok etgan. Musobaqa davomida 212 ta oltin, 212 ta kumush va 234 ta bronza medallar komplekti qo‘lga kiritilgan.
«Universiada -2007» sport musobaqalari davomida birinchi o‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi o‘rinni Namangan va uchinchi o‘rinni Samarqand viloyatlari terma jamoalari qo‘lga kiritishgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling