Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti
“Umid nihollari” Sport musobaqalarning tashkil etish va o‘tkazish
Download 0.83 Mb.
|
1-Курс nazariya majmua kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Tadbirlarning o‘tkazilishi
2. “Umid nihollari” Sport musobaqalarning tashkil etish va o‘tkazish.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularni ommaviy ravishda jismoniy tarbiya va sport harakatiga jalb qilishga qaratilgan uch bo‘g‘inli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari tizimli amalga oshirilmoqda. Buning natijasida yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib borib, ular sog‘lom, irodasi mustahkam, Vatanimizning sodiq farzandlari bo‘lib voyaga yetmoqda. Respublikamizda umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari musobaqalar ilk bora “Olimpiya umidlari” nomi bilan 2000 yilda Toshkent shahrida, “Umid nihollari” nomi bilan ilk bora 2002 yilda - Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 244 qaroriga asosan “Umid nihollari” 2003 yilda Xorazmda o‘tkazildi. (musobaqalar 2006 yilda - Qarshi shahrida, 2009 yilda - Guliston shahrida , 2012 yilda - Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan). Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari” sport musobaqalarining respublika final bosqichi sportning 12 turi bo‘yicha 2012 yilda Navoiyda o‘tkazilgan edi. Bu yilgi “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichi dasturiga ko‘ra o‘quvchilar avvalgi musobaqalardan farqli ravishda sportning jami 17 ta, shundan 16 ta (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, suzish, stol tennisi, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyudo, boks, og‘ir atletika, badminton) olimpiya turi va shaxmat bo‘yicha bellashdilar. 2.1 Tadbirlarning o‘tkazilishi: “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichiga o‘quvchilarni saralab olish jarayoni musobaqa Nizomiga ko‘ra 2014 yil sentyabr-oktyabr oylarida boshlangan bo‘lib, birinchi bosqichda barcha maktablarning sinflararo bellashuvlarida jami - 4 067 161 nafar (1 793 618 nafari qizlar, 44%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. Maktablar o‘rtasida o‘quvchilarning kuzgi va qishqi ta’til kunlari vaqtida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda sportning 6 ta (basketbol, voleybol, suzish, futbol, stol tennisi, gandbol) turidan jami 746 130 nafar (300 390 nafari qizlar, 40,2%) o‘quvchilar qamrab olindi. Qishki ta’til davrida sportning 11 ta (badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, taekvando, dzyu-do, boks, og‘ir atletika, badminton va shaxmat) turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda jami 494 190 nafar (116 280 nafari qizlar, 23,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. O‘quvchilarning bahorgi ta’til vaqtida tumanlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda g‘olib deb topilgan jami 24 704 nafar (8 299 nafari qizlar, 33,5%) o‘quvchilar ishtirok etishdi. “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosiqichlari Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 22 maydagi 367-f-sonli farmoyishiga asosan Tashkiliy qo‘mita tuzilgan holda joriy yilning 26-30 may kunlari respublikaning barcha hududlarida belgilangan zamonaviy sport majmualari hamda amfiteatrlarda “Yoshlik va sport” bayrami sifatida o‘tkazildi. Tadbirlar respublikadan biriktirilgan mas’ul rahbarlar va viloyat hokimlarining tabrik so‘zi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan ochildi. Tadbirlarning badiiy qismida jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro musobaqalarning sovrindorlari, taniqli sport ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Tadbirlarni o‘tkazishda Yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishlarini badiiy darajada talqin qilishga alohida e’tibor qaratildi. Hududlarga respublikadan biriktirilgan taniqli san’atkorlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, viloyat havaskorlik dastalari ishtirokchilari ijrosidagi Vatan, mustaqillik, yoshlik, shijoat, fidoiylik, sport va sog‘lom turmush tarzini tarannum etuvchi kuy - qo‘shiqlar va raqslardan iborat kontsert dasturi yoshlar e’tiboriga havola etildi. Hududlarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida jami 25 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar, ularning murabbiylari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faollari ishtirok etishdi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling