Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet83/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

3) Axborot funksiyasi. Jismoniy madaniyat vositalari va ularni ko‘paytirish yo‘lida, avloddan avlodga qimmatbaho ma’lumotlarni qoldirishda va ularni yig‘ishda inson va uning imkoniyatlari katta o‘rin egallaydi.
Jismoniy madaniyat sohasida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar insonni o‘zini tabiiy sifatlarini takomillashtirish va uni yutuqlarini tashish axboroti bo‘lib xizmat qiladi. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sportda ko‘pgina yangi ma’lumotlar paydo bo‘lyapti va ular asoisda qonuniyatlar topilayapti.
Masalan: sportni ilmiy tomondan tekshirish, bizning organizmimizning funksional imkoniyatlarini, fiziologiyada hozirgacha ma’lum bo‘lmagan faktlarni ochib berdi.
Bugungi kunda jahonda sport bo‘yicha musobaqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, insonlar salomatligini rivojlantirishga, turli xil kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. Sportni ommaviy tarzda targ‘ib qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham, butun dunyo ommasini ham unga jalb qilishdir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish shaxslar, jamoalar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar million-million xalqlarni birlashtirib, eng ko‘p tarqalgan shakllardan biri bo‘lib qoldi. . Jismoniy madaniyat harakatini o‘sib boruvchi oqimida xalqaro shakllarini ham hisobga olganda xalqlar o‘rtasida, do‘stlik va tinchlik orqali g‘oyaviy birlashish va do‘stona aloqa qilish turibdi. “Sport tilining” universalligi, hamma insonlarni tarjimasiz tushunishi, haqqoniy kurasha olishi, kishilarni tarqatmasdan balki birlashtirishga olib keladi.


Nazorat uchun savollar
1. Jismoniy madaniyat funksiyalari deganda nimalar tushuniladi?
2. Jismoniy madaniyat shakillari nimalar kiradi?
3. Ta’lim funksiyasi qaysi funksiyaga kiradi?
4. Kasb amaliy funksiyasi qaysi funksiyaga kiradi?
5. Sport funksiyasi qaysi funksiyaga kiradi?
6. Axborot funksiyalar deganda nimalar tushuniladi?
7. Normativ funksiyalar deganda nimalar tushuniladi?
8. Estetik funksiyalar deganda nimalar tushuniladi?
9. Bazaviy jismoniy madaniyatga nimalar kiradi?
10. Fon jismoniy madaniyat shakillarini qaerlada ko‘rish mumkin?

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling