Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari


Download 0.83 Mb.
bet90/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

3.8. Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari
Muayyan harakatni tashkil etuvchi jismoniy mashq muvofiq navbatda taqsimlangan: faoliyat qaysi harakat bilan boshlanadi, qaysi biri bilan yakunlanadi. O‘rgatish va ilmiy maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga ajratish maqsadga muvofiqdir.



Harakat tizimi

Yugurish-depsinish-uchish-erga tushish

Harakat fazalari

1

2

3

4

Harakat qismlari

Tayyorgarlik

Asosiy

Yakunlovchi

8-chizma. Harakat fazalari, uning qismlari.
Jismoniy mashqlarning davom etishi va shiddatiga qarab organizmdagi o‘zgarishlar jarayonini ko‘rsatuvchi fazalar.
SIQD- CHT - sport ish qobiliyati dinamikasi, charchash va uni tiklash.
FFD - organizmning ayrim tizimlarini funktsional faollik dinamikasi.
BMS - bioenergetik moddalarning sarflash va tiklash dinamikasi.
SS - superkompensatsiya samaradorligi.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat. Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi yugurib borishdir.
Joydan sakrashda – itarilish oldidan qo‘llarni silkitib va oyoqlarni bukib depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat, uning yordami bilan harakatning asosiy vazifasi еchiladi. Masalan, depsinish, joydan sakrash, uchish.
Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratilgan. Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli joyda, tegishli yo‘nalishda va zarur lahzada to‘ғri foydalanishdan iboratdir. Masalan, krol usuli bilan suzishda qo‘llarni vaqtidan ilgari faol harakatlantirish gavdani suvdan ko‘tarishga va to‘lqin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
So‘nggi fazada harakat tugallanadi, obrazli qilib aytganda, bu faza ishchi holatdan chiqishga imkon beradi. Sakrashlarda bu еrga qo‘nish, yugurishda marradan keyin bir oz yugurish bo‘ladi
Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan, qolgan ikkita faza esa texnikaning detalini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan amalga oshiriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling