Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet92/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Nazorat uchun savollar

  1. Jismoniy mashqlar qanday harakatdir?

  2. Jismoniy mashqlar deb nimaga aytiladi?

  3. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi nimadir?

  4. Jismoniy mashqlar qanday turkumlarga bo‘linadi?

39 Mavzu: Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar.
Reja:

        1. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari

        2. Gigiyenik omillar

Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Tabiatning in’omi- havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o‘tkazish sharti hamda chiniqtirishning mustaqil vositasi sifatida;
2. Odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning muhim vositasi sifatida.
Jismoniy tarbiya jarayonini ochiq havoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib, jismoniy mashqlar bajarish samara beradi. CHo‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq sovug‘i, jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi
Quyosh nuridan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha alohida, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa alohida xususiyatlarini hisobga olinmasdan toblansa, uning ta’siri turlicha bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi ko‘chuvchan bo‘ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy-amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me’yorsiz yuklamaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek vazifalar oson hal bo‘ladi.
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchidan foydalanishning asosiy talablaridan biri ularni jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda majmuali qo‘llash, birga qo‘shib olib borishdan iboratdir. Chunki ularni birgalikda samarali qo‘llash insonning sog‘lig‘ini mustahkamlashga hamda jismoniy qobiliyatlarini o‘stirishga imkon beradi.
Oqilona me’yorni aniqlash vaqtida o‘quvchilarning xususiyatlarini va pedagogik vazifalar xususiyatini hisobga olish lozim. Bu, birinchidan, jismoniy tarbiya jarayonidagi chiniqtirish samarasining mehnat va o‘quv faoliyatiga o‘tkazilishini ro‘yobga chiqaradi; ikkinchidan, ko‘proq yuqori yuklamalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi, demak, ish qobiliyatini o‘stiradi; uchinchidan, ortiqcha yuklama ta’siriga, titrash va tebranishga organizmning qarshiligini oshiradi va h.k.; to‘rtinchidan, iroda sifatini yuqori darajaga ko‘taradi.
Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishni samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling