Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet14/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

6. Sport o‘yin tizimlari.
Sport—o'yinlar tizimi gimnastika tizimi qatorida jahon- dagi juda ko‘p marftlakatlarda tashkil topdi. Ularning tashkiliy va uslubiy shakllari o'ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo‘ljallangan va yaxshi natijalaiga erishishni ko'zda tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush sharoi-tida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o'yinlami o'zida mujas- samlagan. Shahar va qishloqlarda o‘tkaziladigan bayramlajda kurashchilar, mushtlashuvchilar, akrobatlar, qilichbozlar, yugurish va sakrash ustalari, polvonlar o‘z mahoratlarini namoyish qilishgan. Shimoliy mamlakatlarda chang‘ida va konkida uchish musobaqalari rasm bo'lgan. Shahar va qishloqlarning atoqli kishilari orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o'yini, kriket, kamon va to‘p- ponchadan o'q otish, turli xil ovlar ancha rivojlangan. Shu davrda professional kurashchilar, bokschilar, girya (tosh) ko'taruvchilar, akrobatlaming uchrashuvlari, bahslari bosh- langan. Ko'pgina davlatlarda o‘quv yurtlari (maktablar, kollejlar, universitetlar) tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o'yinlari rivojlantirishga rahnamolik kuchaygan edi. Buyuk Britaniyada sport-o‘yin tizimi. XVII asr o'rtalaridagi buijua inqilobi natijasida Buyuk Britaniyada iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yuzaga kelib, u yirik kapitalistik mamlakatga aylandi. Shu tariqa Buyuk Britaniyada boshqa mamlakatlarga nisbatan awalroq sport-o'yin tizimi shakllandi. Boshqa mamlakatlarni bosib olish, mus- tamlakachilik yo'li bilan o'z boyligini oshirdi va davlatni mustahkamladi. Bunda ulkan dengiz floti va harakatchan ekspeditsiya bo'limlari (otryadlar) muhim rol o'ynadi. Ular kollejlar, universitetlar va harbiy o'quv yurtlari bitiruvchilari- dan iborat edi. Buyuk Britaniyada sport—o'yinlar tizimining ilk asoschisi Regbi shahridagi kollej direktori pedagog Tomas Arnald (1795—1842) hisoblanadi. U o'z faoliyatida o'quvchilaming harakatchanligi va faolligini rivojlantiruvchi, qiyin sharoit- larga tezda mo'ljal olish, qo'rqmaslikni tarbiyalovchi sport turlariga katta e’tibor berdi. Bular jumlasiga, yengil atletika, boks, eshkak eshish, suzish, regbi, futbol, kriketni kiritdi. Uning ta’limoti va tuzgan tizimi mamlakat va chet ellardagi o'quv yurtlarida keng qo'llanildi. AQSHda sport va o‘yinlar. Sport- o'yin tizimi AQSHda keng tatbiq qilina boshlandi. Pestalossi (XIX asming 20—30- yillari) ta’limotining yoyilishi sababli mamlakatning turli o'quv yurtlari, universitetlarida jismoniy tarbiya darslari o'qitila boshlandi. Shu davming 50—70-yillarida ba’zi sport klublari tashkil etilib, musobaqalar o'tkazildi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling