Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti
Download 0.83 Mb.
|
1-Курс nazariya majmua kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skandinaviya niamlakatlari va Finlyandiya
Buyuk Britaniya birlashgan qirolligiga Angliya, Shot- landiya, Uels va Shimoliy Irlandiya kiradi. Bu hududlarning har birida sport markazlari mavjud edi, ya’ni Angliyada — 4 ta, Shotlandiyada — 2 ta, Uelsda — 1 ta va Shimoliy Irlandi- yada — 1 ta. Ularni jismoniy dam olish markaziy kengashi (sovet), o'yin maydonlari milliy tashkiloti va Britaniya Olimpiya assotsiatsiyasi birlashtirar edi.
O'sha davrlarda Buyuk Britaniya maktab, kollej va uni- versitetlarda jismoniy tarbiyaning yaxshi yo'lga qo'yilganligini va sportning rivojlanish surati bilan ajralib turar edi. Bernard Shou o'zining «Mafusailga qaytish» pyesasida buni shunday ifodalaydi: «Yopiq maktablarning tarbiyalanuvchilariga faqat foyda keltiruvchi, jismoniy chiniqish va harbiy mahoratga o'rgatish asosiy yo'l. Bu esa o'q otish, samolyotlardan bomba tashlash, begunoh kishilarga qirg'in keltirishdan boshqa narsa emas. Urush — din, o'ldirish esa jasoratga o'xshaydir» deydi. 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasida XX asr boshida tashkil topgan Skaut harakati keng tarqalgan edi. Skaut ot- ryadlarida yigit va qizlar axloq bo'yicha va jismoniy tarbiya olishar, har bir a’zo har kuni biron-bir ma’qul ish qilishi, sport va o‘yinlar bilan shug‘ullanishi shart edi. Buyuk Britaniya jahon sport va Olimpiya harakati rivo- jiga munosib ravishda o‘z hissasini qo‘shdi. Ular hisobida anchagina jahon va Olimpiya yutuqlari mavjud . Ikkala jahon urushi oralig‘ida 0‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida — Antver- penda — 42 ta va Parijda — 34 ta Olimpiya medallariga sazovor boigan. Skandinaviya niamlakatlari va Finlyandiya. Ikkala jahon urushi oralig‘ida bu mamlakatlarda sport-gimnastika harakati rivoj topadi. Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiya mainlakallari qadimdan sport an’analari bilan jahonda mash- hur edi. Bu hududlarda jismoniy tarbiya va sport awalgi shved gimnastikasi, daniyalik Nils Bukning tabiiy gimnastikasi, Io- gann Molleming shaxsiy (individual) gimnastikasi kabi tizim- lami qayta ishlash va ularni amalda bajarish evaziga rivoj topadi. Maktablarda iqlim sharoitidan maqsadli foydalanish natijasida qishki sport turlari keng rivoj topadi. Ayniqsa, chan- g‘i va konkida uchish sporti, to‘pli xokkey (bendi), shaybali xokkey, chang‘ida ikki kurash, konkida figurali uchish, tram- plindan chang‘ida sakrash kabi turlar bu xalqlar hayotiga chuqur singib ketgan. Mazkur mamlakatlaming hukumat doiralari maktablar, bilim yurtlari, institutlar, universitetlarda jismoniy tarbiyani tashkil etishga juda katta e’tibor berishgan. Shimoliy mam- lakatlarning sportchilari xalqaro sport va Olimpiya harakat- larida faol ishtirok etib kelgan. Sportchilami tayyorlash maqsadida yirik sport inshootlari qurildi. Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiya milliy Olimpiya qo'mitalari tashkil etilib, milliy sport uyushmalari (soyuz) va klublar xalqaro sport uyushmalari tarkibiga kiritilgan. Bu mamlakat- laring sportchilari jahon, Yevropa chempionatlari va Olimpiya o'yini arming doimiy qatnashchilari hisoblanadi. Shu yillarda eng yaxshi sportchilar tayyorlandi. Finlyandiyaning ja- honga tanilgan yengil atletikachilari X.Komxmaynen 1912, 1920 yildagi Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin medal olishga er- ishgan. P.Nurmi 9 ta oltin medalni (1920, 1924, 1928) qo'lga kiritgan bo'lsa, konkida uchish bo'yicha K.Tunberg, nayza uloqtirishda M.Yarvinen mashhur edilar. Shvedlar sporti o'sha paytda dunyoda tengi yo'q figu- rachi G.Grafstremni, ya’ni to'rtta Olimpiya o'yinlari qat- nashchisi, 3 ta oltin medal (1920, 1924, 1928) va bir kumush medal sohibini (1932) jahonga yetkazib berdi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling