Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Xalqaro miqyosda ishchilar sportining rivojlanishi


Download 0.83 Mb.
bet23/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

3. Xalqaro miqyosda ishchilar sportining rivojlanishi.
Ikkala jahon urushi oralig'idagi sport-gimnastika hara- katining rivojlanishida ishchilar sporti harakati va taraqqiyoti o'ziga xos o'rin tutadi. Ishchilar sporti Chexoslovakiyada tez rivojlanib ketdi. Ularning sport harakati XIX asr oxirida vujudga kelib, asta sekin yuqori darajaga ko‘tarildi. 1921-yilda ishchilar sport jamiyati federatsiyasi tashkil etildi. Shu yil Pragada sport jamoalari birinchi ulkan spartakiadani o‘tkazdi. Unda 20 mingdan ortiq yigit va qizlar, erkaklar va ayollar faol ishtirok etishdi. Bu spartakiada mamlakatda sport harakatini rivojlan- tirishning namunasi bo‘lib hisoblandi. Bolgariyada Birinchi jahon urushidan keyingi davrlarda ishchilar sport tashkilotlari vujudga keldi va ular «Spartak» nomi ostida birlashdi. «Spartak» otryadlari Sofiya, Plevna va boshqa shaharlarda tuzildi. «Spartak» tashkilotidagi ishchi sportchilar Qizil sport intematsionaliga kirar edi. 1930-yilda sport harakati yangi pog‘onaga ko‘tarila boshladi. Vengriya, Finlyandiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham ishchilarning sport tashkilotlari vujudga kelib, ular asosan sport-gimnastika federatsiyalari harakati asosida faoliyat ko'rsatdilar. Fransiyada 1934-yilda barcha ishchi tashkilotlari sport- gimnastika federatsiyasiga birlashtirildi. Bunda sportdagi millatchilik va fashizmga qarshi faoliyatlar kuchaytirildi. Bu federatsiya faqat milliy va mahalliy sharoitlardagina emas, hatto xalqaro miqyosda ham tadbirlar o'tkazdi. Ayniqsa, «Yumanite» gazetasiga bag‘ishlab 0‘tkazilgan kross jahonga ma’lum edi. Nemis ishchi sport-gimnastika uyushmasi (soyuz) qator sport tashkilotlaridan biri bo‘lib, fashistlar hokimiyatigacha bo‘lgan vaqtlarda (1919 y.) bu uyushmaning 100 ming a’zosi bor edi. 1932-yilga kelib, ularning soni 1 mln.ga yetdi. Germaniyadagi kommunistik va sotsial-demokratik parti- yalaming o'zaro ixtiloflari, qarama-qarshiliklari ishchilar sport tashkilotlari o‘rtasidagi nizolar va qarshiliklaiga sabab bo‘ldi. Asosiy omma sotsial-demokratlar partiyasining ta’siri va oqimida edi. Ishchilar sport tashkilotlari fashizmga qarshi kurashlarda faol ishtirok etdi. Shu tariqa ishchilar sport tashkilotlari Avstriya, Belgiya, Angliya, Shvetsiya, Norvegiya kabi mamlakatlarda ham tashkil etilib, ular o‘z mamlakatlarining sport musobaqalarida ishtirok etganlar.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling