Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Jismoniy tarbiyaning yangi yo‘nalishlari


Download 0.83 Mb.
bet24/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

4. Jismoniy tarbiyaning yangi yo‘nalishlari.
Birinchi jahon urushidan keyingi davrlarda harbiy mak- tablaming isloh qilinishi hamda harbiy xizmat haqidagi qonunlar asosida yoshlarning harbiy bo‘lmagan hamda harbiy jismoniy tayyorgarligi kuchaytirib borildi. Maktablaming jismoniy tarbiya uslubiyatida sport o'yinlari mavqeyining us- tunligi sezila boshladi. Urushgacha o'tgan davrda keng tarqalgan gimnastika asbob-uskunalarida bajariladigan sun’iy mashqlar, yurishlar (marshirovka) sport o'yinlari usullari bilan siqib chiqarila boshlandi. Ana shu davrlarda (20-yillar) Angliya, Polsha, Germaniya, Litva, Latviya, Daniya va boshqa mamlakatlarda J.Eberining tabiiy gimnastika usullari bilan bir qatorda Nils Bukning (1880— 1950-yil) asosiy gimnastikasi, Karl Gaulgofer (1885—1941 y.y) va Margarita Shtayxeming (1891 — 1945 y.y) tabiiy maktab gimnastikasi vujudga kelib, keng tarqalgan edi. N. Bukning tizimi shved gimnastikasini yangilash (mo- dernizatsiya) yo'li bilan vujudga keldi va amalda qo‘llanila boshlandi. U harbiy bo‘lmagan yoshlarga mo‘ljallangan edi. Uning tizimi bo'yicha dars uch qismdan iborat edi: 1) asbob- si/ mashqlar; 2) asboblar bilan shvedlar usuli bo'yicha mashq- lar, 3) yurish, yugurish, sakrash mashqlari. Bir darsning o‘/.ida 40—50 tagacha mashq bajarish tavsiya etilgan. Avstraliyalik K.Gaulgofer va M.Shtrayxerlaming tabiiy gimnasitikasi nemis gimnastikasi o‘miga yuzaga kelgan edi. Ular buquaziyaning yangi pedagogik nazariyasiga asoslanib, mehnatdan bo‘sh vaqtlarda bajarish, bolalarga o‘rgatish (uchun mashqlar tizimi) zarurligini himoya qilishdi. Ular o‘zlarining «Maktab gimnastika tizimi» (1927), «Tabiiy gimnastika» (1930) va boshqa ishlarida jismoniy tarbiyani san’atga o‘xshatadilar, chunki bunda o‘igatish tabiiy sharoitda olib borilishini va unda tabiiy jismoniy mashqlar qo‘llanishini nazarda tutadilar. Ular dars tuzilishi, shug‘ullanuvchilaming ishiga qarab mashqlarni 3 qismga bo‘lishadi:
1) jonlantiruvchi (harakatga keltiruvchi): tez yurish, yugurish, sakrab o‘ynash nafas mashqlari;
2) gavda muvozanatini saqlash, epchillik va kuchni rivojlantiruvchi asosiy mashqlar yugurish, yurish, sakrash va b.;
3) susaytiruvchi (tinchlantiruvchi) mashqlar: oddiy harakatli o‘yinlari, sekin yurish va h.k.
Avstriya pedagoglari jismoniy tarbiyaning asosiy vositalariga yengil atletika, kurash, boks, suzish, qishki sport turlari, qilichbozlik, sayohat va ochiq havoda bajarish mumkin bo‘lgan boshqa mashqlami kiritadi. Bu pedagoglar o‘z tizimlarida jis­moniy tarbiyaning inson rivojlanishidagi ijtimoiy xususiyatini inkor etgan, ya’ni nasi asosiy rol o'ynaydi, deyishgan.
Avstriya gimnastika maktabi va Bukning asosiy gimnasti- kasi qatorida G ‘arbiy Yevropa va Amerikada Zurenning gigi- yenik gimnastikasi ham keng yoyildi. Bunda tana va ruhning garmonik holati haqidagi g‘oya targ'ib qilindi.
Shular qatorida yana Bodening individual-tabiiy «Kit- Dit» tizimi nazariyasi asosida gavdaning to‘g‘ri o‘sishi (osan- ka), mushaklami mustahkamlash, yassi oyoqlikning oldini ol­ish, bukrilik va boshqa jismoniy qusurlarning oldini olish usullari ham qo‘llanila boshlandi.
Bunday usullar 20—30-yillarda ishlab chiqilib, Ikkinchi jahon urushi arafalarida keng miqyosda tan olindi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling