Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.83 Mb.
bet21/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o‘ziga xos tarzda rivojlanib bordi. 1920-yilda maktab yoshi- gacha bo‘lgan bolalar va maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik o‘quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nizomni tas- diqladi. Jismoniy tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun' Jorj Eberining tabiiy-tayanch gimnastikasi tizimi qayta ish- langan holatda va shvedlar gimnastikasining ba’zi qismlari olingan edi. Ko‘p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o‘yinlari turlari, ayniqsa, futbol, tog‘ chang'isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojlandi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshida mamlakatda faol dam olish jarayonida sportdan foydalanishga katta e’tibor berildi. Bunda rekreatsion sport keng quloch yozdi. 1936-yilda sport ishlari va faol dam olish davlat boshqarmasi tashkil etilishi bilan rekreatsion sport o‘z maqomiga ega bo‘ldi.
Fransiyada Olimpiya harakatini rivojlantirishda baron Pyer de Kubertenning nomi bilan bog‘liq faoliyatlar ko‘p. 1894-yilda Parijda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini (XOQ) tuzishga harakat qilindi. Shu asosda Fransiya Milliy Olim­piya qo‘mitasi (MOQ, 1894) tashkil etildi. Parijda ikki maro­taba Olimpiya o'yinlari o‘tkazildi, ya’ni 1900-yilda — II, 1924-yilda — VIII o‘yinlari. Shuningdek, 1924-yilda Sha- moni shahrida I qishki Olimpiya o‘yinlari tashkil etildi. Bu davrlarda Parijda ko‘pgina xalqaro sport uyushmalarining shtab-kvartiralari joylashgan edi.
Fransiya sportchilari 1904-yilda Sent-Luisda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari, barcha yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarining qatnashchisi hisoblanadi. 1924—1936-yildagi o‘yinlarda velosipedchilar g‘oliblikka ega bo‘lishdi. 1920—1932-yildagi o‘yinlarda — fransuzlar og‘ir atletika va 1920—1924—1928-yildagi Olimpiya o'yinlarida qilichbozlik bo'yicha shuhrat qozongan edilar.
Ikkala jahon urushi oralig'i davrida Fransiya sobiq Ittifoq bilan xalqaro sport tashkilotlari va ba’zi klublar orqali sport bo'yicha yaqin aloqada bo'lgan.
30-yillaming boshida Fransiyada sovet yengil atletikachi va suzuvchilari musobaqalarda ishtirok etadi. «Spartak» va «Dinamo» sport jamiyatlaridan tashkil etilgan futbol terma jamoasi Fransiyaning «Resing» va «Red Star» kabi kuchli sport futbol klublari bilan uchrashuv o'tkazadi. Fransiyaning taniqli yuguruvchisi Jyul Lyadumeg sovet yuguruvchilari Geoiigiy va Serafim Znamenskiylar bilan bahslashish uchun Rossiyaga keladi. Fransiyada 1934-yilda sportchilarning fa­shistlarga qarshi slyoti bo'lib, unda SSSR vakillari ishtirok etadi.
Slyot qatnashchilari jahondagi barcha sportchilami fashizmga qarshi faol kurashga chaqiradi. Bu bilan tinchlik va osoyishtalikni barcha yerlarda ta’minlash ko'zda tutiladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling