Qarshi davlat univyersiteti


Elelktr energiyasi yetkazib berish boʻyicha kelishuv


Download 0.78 Mb.
bet12/13
Sana21.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1106406
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Qirg\'iziston

Elelktr energiyasi yetkazib berish boʻyicha kelishuv


Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻzaro elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida kelishib oldi. Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 2021-yil mart oyidan oktyabr oyigacha va 2022-yil mart-aprel oylarida 750 million kilovatt-soatgacha elektr energiyasi yetkazib beradi. Bunday chora-tadbirlar Toʻktogul suv omborida suv toʻplash va uni 2021–2023 yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshirildi. Kelishuvga binoan belgilangan yillarda Qirgʻiziston mos miqdordagi elektr energiyasini iyun-avgust oylarida qaytarib beradi.


Qirg’iziston-Rossiya Federatsiyasi munosabatlari
Qirgʻiziston — Rossiya munosabatlari — Qirgʻiziston va Rossiya oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Rossiyaning Bishkekda va Oʻshda konsulligi, Qirgʻizistonning Moskvada, Yekaterinburgda konsulligi va Novosibirskda vitse-konsulligi mavjud. Rossiya prezidenti Boris Yeltsin 1991-yilda prezident etib saylanganidan soʻng birinchi xalqaro tashrifini Qirgʻizistonga amalga oshirdi.
Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev 1994-yil iyun oyida taklif qilgan Yevrosiyo ittifoqi reintegratsiyasiga Prezident Asqar Aqayev juda ijobiy yondashdi. Akayevning Rossiya chegarachilarini Qirgʻizistonning Xitoy bilan chegarasini qoʻriqlashini taklif qilishi reintegratsiya yoʻlidagi yana bir qadam boʻldi.
Prezident Almazbek Atambayev rahbarlik qilgan yillarida bir necha bor oʻzini rossiyaparast siyosatchi sifatida namoyish qilgan. U Qirgʻizistonning Bojxona ittifoqiga kirishini eʼlon qildi, 2014-yilda Amerika 376-sonli ekspeditsiya qanotining mamlakatdan chiqarilishini taʼminladi va Rossiya Federatsiyasi bilan yaqin iqtisodiy aloqalar zarurligi haqida gapirdi.

XULOSA.
Xalqlarimizni asrlar davomida o‘zaro hurmat va ishonch rishtalari bog‘lab kelgan. Bu rishtalar har vaqt turli qiyinchilik va sinovlarni birgalikda yengib o‘tishga yordam berib kelgan. Mashhur adib Chingiz Aytmatov aytganidek, “Xalqlarimizning qoni bir, tili bir”
Munosabatlarimizdagi savdo-iqtisodiy hamkorlik va uning o‘sish dinamikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2017-yilning o‘tgan davrida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga o‘sib, 170 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokida ta’sis etilgan 54 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, Qirg‘izistonda O‘zbekiston rezidentlari tomonidan barpo qilingan 49 korxona ish yuritmoqda. 
Osiyoning yetakchi davlatlari bozorlariga chiqishda Qirg‘izistonning tranzit imkoniyatlari biz uchun juda muhim. Mamlakatimiz tovarlarining Xitoyga ushbu davlat orqali yetkazilishi uchun, bor-yo‘g‘i, 300 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tish kerak, xolos. 
Shu munosabat bilan ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda mintaqada samarali transport yo‘llarini rivojlantirish, Qirg‘iziston hududi orqali Xitoy bilan bog‘laydigan qisqa masofali temir yo‘l barpo etish masalasi, Andijon – O‘sh – Qoshg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil yo‘lidan foydalanish kabi masalalar mintaqada savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston va Qirg‘iziston bir-biri uchun muhim savdo-iqtisodiy hamkor hisoblanadi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling