Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi
Download 251.11 Kb.
|
Falsafa 3-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi.
- 4.Falsafiy kategoriyalar mohiyati va xususiyati.
Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma-ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklliligini aks ettiradi. Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi. Dialektikaning asosiy qonunlari yagona rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, balki uzviy dialektik birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi va buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning eski va yangiga ikkilanishi, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini nazarda tutadi. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks ettiradi, rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‘z mavjudligining avvalgi shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‘q qilinishi yuz beradi. Umuman olganda inkor – ob’ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani ma’lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari ham, inson ham bo‘lmas edi4.Falsafiy kategoriyalar mohiyati va xususiyati.
Download 251.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling