Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti axborot xavfsizligi yo`nalishi i-bosqich ax-11-22 guruh talabasi


Download 251.11 Kb.
bet35/38
Sana04.11.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1747410
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Falsafa 3-mustaqil ish

Mohiyat va hodisa. Mohiyat – ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya. Mazmun va shakl. Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o‘zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‘rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi. Shakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism jism bo‘la oladi.
Butun va qism. O‘zaro bog‘langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har qanday predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas majmuani tashkil etadi. Butun o‘zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o‘z qismlarining o‘zaro aloqasi tufayli mavjud bo‘lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‘z ifodasini topadi. Butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H2O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‘z qismlarining oddiy yig‘indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi. Sistema,_element_struktura.'>Sistema, element struktura. Butun va qism kategoriyalarini sistema, struktura, element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi. Hozirgi talqinda sistema muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‘lgan elementlarning organik to‘plami sifatida tavsiflanadi. Sistema (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi. Har qanday sistemaning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog‘liq. O‘z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‘p jihatdan o‘zlari hosil qilgan sistemaning strukturasi bilan belgilanadi. Sistema va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‘linmas qismi. Qism tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism. Element narsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi.
Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) sistemaning tuzilishi va ichki shakli, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli.

Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling