Qarshi halqaro universiteti


Download 289.68 Kb.
bet4/91
Sana13.01.2023
Hajmi289.68 Kb.
#1090149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi

Ta’lim to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-sentabr,
O‘RQ-637-son


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
2-MA`RUZA
2-mavzu: Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg`or xorijiy tajribalar.
Reja:
1.Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi.
2.Uzluksiz ma`naviy tarbiyaning tutgan o`rni.

Pedagogning tadqiqot faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or xorijiy pedagogik tajribalarning ahamiyati Ilg’or xorijiy pedagogik tajriba o‘qituvchilar tomonidan amaliy ish jarayonida egallangan bilim, malaka, ko‘nikmalar asosida aniqlanib, pedagogik mahorat, pedagogika fani taraqqiyotining asosiy manbaalaridan biri sifatida talqin qilinadi. Ta’lim oluvchilar ta’lim-tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadigan, ta’lim-tarbiyaviy ishni shakllantirishda yangi shakl, uslub va usullardan foydalangan holda ijodiy natijaga erishadigan tajribani ilg‘or ish tajribasi deb atash mumkin. Pedagogikaga oid adabiyotlarda 40 ga yaqin «Ilg‘or pedagogik tajriba» tushunchalari mavjud. Bu tushunchalarning hammasi pedagogik jarayonni maqsadga yo‘naltiruvchi, yuqori ko‘rsatgichlarga erishishga ta’sir ko‘rsatuvchi bir vosita sifatida talqin qilinadi.


Ilg‘or xorijiy pedagogik tajribaga uch xil asosiy yondashuv mavjud. Ular: ­ namuna sifatida boshqa pedagoglar ishlariga nisbatan yaxshi natija ko‘rsatuvchi pedagogning o‘z ish tajribalariga yondashish; ­ ilmiy tekshirish va tajriba-sinov ishlarini hayotga tadbiq eta oladigan, yaxshi natijalarga erishadigan faoliyatlariga yondashish; ­ yangi, noyob bilimlar yaratuvchi ijodiy izlanuvchi ijodkor pedagoglarga yondashish.
Ilg‘or ish tajribalarni izlash, o‘rganish, umumlashtirish, amaliyotga tadbiq etish va ommalashtirish – bularning hammasi o‘qituvchining asosiy ish jarayonlari bosqichlaridir. Bu bosqichlar quyidagilardir: Birinchi bosqich. Bu bosqichda pedagogik jarayon kuzatiladi. Kuzatish davrida o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari, alohida pedagoglarning yaxshi ishlari aniqlanadi. Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish lozim.
O‘qituvchi-pedagogga bor dalillarni tahlil qilishga, ikkinchi darajali narsalardan asosiysini tanlashga yordam beradi. Bunda tajribaning nazariy asoslanishi katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana bilish to‘g‘ri natija chiqarishga yordam beradi. Uchinchi bosqich. Bu bosqichda ilg‘or ish tajribalarini amaliyotga tadbiq etish va ommalashtirishdir. Birgina ta’lim muassasasi o‘z o‘qituvchilarining ilg‘or ish tajribalarini izlashi, topishi, o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi yoki boshqa o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini shu muassasa hayotiga tadbiq etishi mumkin. Amaliyotda qo‘llash uchun tanlangan ilg‘or ish tajribalari tanlashda quyidagi mezonlarga ahamiyat berish lozim. ­ uning dolzarbligi; ­ dasturamalliligi; ­ qo‘llash uchun shart-sharoitning yaratilganligi; ­ tajribaning yaxshi natijaga olib kelishi; ­ erishilgan natijaning turg‘unliligi. Bu ilg‘or ish tajribasini muassasa hayotiga tadbiq etish jarayonini kuzatish, qo‘yilgan maqsadga erishish sharoitlarini ko‘zda tutgani holda eng qulay yo‘llarni va vositalarni izlash yo‘lida izohlar kiritish lozim. Foydalanilayotgan usullar, uslublarni ko‘p marta takrorlash, uning natijalarini inobatga olish, ularni doimiy tahlil etib borish darkor. Olingan natijalar asosida kelgusi ishni shakllantirish maqsadida kerakli xulosalar chiqariladi. Boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or ish tajribalarni tadbiq etish jarayonida yangi pedagogik tajriba yanada shakllanadi.
Metodistning kuzatishlari maxsus daftarida foto yozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd ztiladi, videokassetalarga, fotosuratlarga olinadi. Bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
1. O‘qituvchi ishining rejaga kura ko‘ra mazmuni.
2. Ishdagi ijobiy natijalarga qanday erishiladi (tadbirlarni o‘tkazish uchun material tanlash, moddiy muhitii uyushtirish, mazkur masalaga doir metodik adabiyotni o‘rganish, ishni rejalashtirishdagi aniqlik, ta’lim oluvchilar imkoniyatlari va «ular rivojlanishining eng yakin zonasini o‘rganish»; ta’lim oluvchilar bilan ishlashning eng samarali metod va usullarini tanlash; tarbiyaviy ish barcha jihatlarining o‘zaro aloqasi; mazkur masala bo‘yicha o‘qituvchining ish tizimi; ta’lim oluvchilar bilan ishni tashkil qilish shakllarining xilma-xilligi va xokazo),
3. O‘qituvchiga kuzatishlar yakunlari yuzasidan chiqarilgan xulosalar asosida ishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar. Individual suhbatlar o‘qituvchining metodik adabiyotni va undagi masalalardan xabardorligini, pedagogika va metodikaning biror bo‘limiga qiziqishini aniqlash imkonini boradi, chunki aynan mana shu qiziqish ko‘p jihatdan ta’lim oluvchilar bilan olib borilayotgan ishlar darajasini aniqlaydi va eng yaxshi tajribani umumlashtirish imkonini beradi. Suhbatlar ham o‘qituvchilar ishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda yordam beradi.
Ta’lim oluvchilar bilan suhbatlashish qiziqarli material beradi. Ular egallangan bilimlarni tushunishi, ularni hayotda qo‘llash ko‘nikmasini, ta’lim oluvchilarning axloqiy rivojlanganlik darajalarini, burch hissini, do‘stlik, rostgo‘ylik va haqqoniylikni tushunishni, ta’lim oluvchilar xatti-harakatlari va qiziqishlari motivlarining axlokiy yo‘nalganligi va hokazolarni aniqlash imkonini beradi.
O‘qituvchilar ish tajribasini o‘rganishda pedagogik hujjatlar: rejalar, konspektlar, kundaliklarni tekshirish va o‘rganishning ham ahamiyati kam emas, Bu quyidagilarni: mazkur bo‘lim bo‘yicha o‘quv dastur butun o‘rganish davrida o‘tilgan-o‘tilmaganligini, darslar turlarining qanchalik xilma-xilligini, ularning bilim, malaka va ko‘nikmalarining tayanch dasturiga talablariga muvofiqligini, ta’lim oluvchilarning darsdan tashqari faoliyatlari mazmunliligi, darsni faoliyatning boshqa turlari bilan o‘zaro aloqasi kuzatiladi hamda ishlarni xisobga olish yangi vazifalarni belgilashda qanchalik yordam berishini aniqlash imkonini beradi. Uslubchi tahlil qilinayotgan jarayonni ta’lim oluvchilar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiyaviy ishdan ajratish mumkin emasligini unutmasligi kerak.
O‘qituvchining mahoratini to‘liqroq baholash uchun faqat ma’lum bo‘lim bo‘yicha darslarni ko‘rish yoki faoliyatning bir turini kuzatish bilan cheklanish kifoya qilmaydi. Ko‘rishda o‘qituvchi pedagogik faoliyatining turli jihatlarini qamrab olish o‘rinlidir. Bir kun davomida kun tartibidagi jarayonlarni kuzatish o‘qituvchilarning ishini rivojlanishida, ishning turli shakl va metodlarini dialektik o‘zaro aloqa-da hamda o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu uzoq vaqt davomida o‘qituvchi ishining ayrim tomonlarini tahlil qilishni istisno etmaydi. Masalan, birinchi ko‘ruv o‘qituvchining ertalabki vaqt bo‘lagidagi ishini kuzatishga bag‘ishlanishi mumkin. Ikkinchi bor darslarning tashkil etilishini ko‘rish mumkin. Uchinchi o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtidagi ishini o‘rganishga bag‘ishlanishi mumkin.
O‘qituvchining kunning ikkinchi yarmidagi ishini maxsus o‘rganishni tashkil etish mumkin. Ta’lim oluvchilar samarali faoliyatlarining tahlili ayniqsa, boy material berishi mumkin. U o‘qituvchi pedagogik mahoratining darajasini, ta’lim oluvchilarga ta’lim berishdagi yutuqlarini, ta’lim-tarbiyaviy ishlar metod va usullarining samaradorligini, uning muntazamliligini aniqlashga yordam beradi. Ta’lim oluvchilarning ishlari qat’iy tartibda to‘planadi va batartib qilib rasmiylashtiriladi. Darslar mavzusi, dastur mazmuni mazmuni, ta’lim oluvchining familiyasi va ismi, ish bajarilgan sana qayd etiladi. Shunday qilib, eng yaxshi pedagogik tajribani umumlashtirish uni oldindan mufassal va har tomonlama o‘rganishning yuqorida aytib o‘tilgan barcha metodlarining majmuidan foydalanishgina uni ob’ektiv baholash va eng yaxshi tajriba sifatida tavsiya etish imkonini beradi. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish predmeti ayrim o‘qituvchilarning ish metod va usullari ham, ta’lim oluvchilar muassasalari butun pedagogik jamoasinining ish tajribasi ham bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi o‘qituvchilarning tajribasi pedagogik xodimlar keng doirasining mulkiga aylanishi uchun uni mufassal o‘rganish, puxta taxlil qilish va amaliyotda sinab ko‘rish kerak bo‘ladi.
Metodistning eng yaxshi pedagogik tajribani umumlashtirish bo‘yicha ishi aytib o‘tilgan talablarnn ta’minlashdan iboratdir. O‘qituvchilarning eng yaxshi tajribasi hujjat materiallarida ham berilishi mumkin: dars va boshqa kun tartibidagi faoliyat konspektlarida, ishning istiqbol (yillik) va kalendar rejalarida (2-3 haftaga), o‘qituvchilarning kundaliklarida, turli metodikalar bo‘yicha darslarning videokasseta yozuvlarida, ochiq darslar va kun tartibi muhokamasining bayonnomalarida, bayramlar ertaliklari, tematik kechalar va ta’lim oluvchilar uchun konsertlar dasturlarida, qo‘llanmalar namunalarida, ta’lim oluvchilarning eng yaxshi applikatsiya, konstruksiyalash ishlaridl foto suratlar tarzida berilishi mumkin. Turli sharoit va yil fasllaridagi ta’lim oluvchilar faoliyatining foto suratlari katta qiziqishga loyiq. To‘plangan materiallar pedagogik yig‘ilishlar, pedagogik o‘qishlar, ilmiy-amaliy konferensiyalardagi axborot va dokladlarning mazmuni hisoblanadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI

Download 289.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling