Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
1.3-jadval
Kunlar va oylar 22.XII 15. I 19. II 22. III 30. IV 16.V 22.VI 15.VII 18.VIII δ - 23°27' -21°30' -11°39' +0,037' +14°45' +19°05' +23°27' 21°32' 13°08' Quyosh Yer sharini yorug’lik va issiqlik bilan ta’minlab turuvchi birdan- bir manbaidir. U Yerga nisbatan diametri 109marta, sirti 11,9 ming, xajmi 1,3 mln. va massasi 332,5 ming marta katta bо‘lgan gazsimon shardir. Quyosh Yer sharidan qariyb 150 mln. km uzoqlikda joylashgan bо‘lib, bu har sekundda koinotga 3,83 • 10 26 joul miqdorida issiqlik energiyasini sochadi. Bu Sirdaryo GRESining quvvatidan 1,3 • 10 17 marta kattadir. Quyosh atrofidagi har bir planeta о‘z kesim yuzining kattaligiga va quyoshga nisbatan uzoqligiga qarab tegishli miqdordagi energiyani oladi. Jumladan, Yer shariga har sekundda tushayotgan energiya miqdori Quyosh sochayotgan barcha energiyadan 2,2 mlrd. marta kam bо‘lib, 17,4•10 17 joulni tashkil etadi. Bu energiyaning 36 %ini atmosfera qatlami qaytaradi, 17%ini yutib qoladi, qolgan qismigina Yer sirtiga yetib keladi. Yetib kelgan energiyaning yarmi dengiz va okean suvlarini bug‘latish uchun sarf etiladi, 1% ini о‘simliklar dunyosi iste’mol etishini hisobga olgan taqdirda ham, qolgan 27 energiya miqdori yiliga 35•10 17 kVt•soatni tashkil etadi. Bu esa bir kecha- kunduzda butun insoniyat iste’mol qilayotgan jami energiyadan qariyib 39 ming marta kо‘pdir. Bunday katta energiyadan tо‘liq foydalanish imkoniyati yо‘q, albatta. Shunday bo’lsa ham, 200x100 km 2 maydonga tushayotgan Quyosh nuri, gelioqurilmalar foydali ish koeffitsiyenti (FIK.) hisobga olingan taqdirda ham 1980 yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan jami energiyaga tengdir! Bir qarashda bu maydon katta bо‘lsada, u О‘zbekistondagi chо‘llarning faqat 10 %ini tashkil etadi. Quyosh har sekundda 4 mln. tonna yoki yiliga 1,36•10 14 tonna miqdordagi massani nurlanish orqali yо‘qotib tursa ham, undagi geliyning vodorodga uzluksiz aylanib turishi hisobiga ajralib chiqayotgan nur energiyasi koinotga yana bir necha yuz milliard yillar davomida sochilib turadi. Shuning uchun ham Quyosh energiyasi — radiatsiyasidan to’liq va samarali foydalanish masalalari tobora muhim о‘rin egallamoqda. Yer sirtiga yetib kelayotgan radiatsiya yig’indi radiatsiya (Q) bо‘lib, u parallel nur shaklida tushayotgan tо‘g‘ri radiatsiya (S) va atmosfera qatlamidan sochilib kelayotgan (D) radiatsiyalar yig’indisidan iborat: D S Q sinh (1.2) Bunda h° — Quyoshning gorizontga nisbatan balandligi (astronomiyada sayyoralar balandligi burchak о‘lchovlarida о‘lchanadi). Bu balandlik joyning geografik kengligiga ( ), Quyoshning og‘ish burchagiga ( ), vaqtga ( ) bog‘liq bо‘lib, bu kattaliklar orasidagi о‘zaro bog‘lanish esa sferik trigonometriya formulalari orqali aniqlanadi. Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling