21
a)
b)
1.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasidagi quyosh pechi: a-quyosh pechining
yassi geliostatlari maydoni; b-geliostatlarning yaqindan ko‘rinishi; v-geliostatlarga
tushayotgan quyosh nurlarini yig‘ib oluvchi geliostatlar minorasi (1)
va quyosh
pechi (2); g-quyosh pechining umumiy ko‘rinshi.
Zamonaviy asboblar konstruksiyasining mukammallashtirish, quyosh
nurlarining issiqlikka aylantirish samaradorlikka olib kelmoqda. Bu qurilmalarning
asosiy sxemasi-suyuq yoki gaz holatidagi issiqlik qabul qiluvchi yassi quyosh
kollektorlari qurilmasidan tashkil topgan (1.5-rasm).
Bu sistema, binolarni issiq
suv bilan ta’minlash va isitishda qo‘llaniladi.
22
1.5-rasm. Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgich qurilmaning
soddalashtirilgan sxemasi.
1.5-rasmda izolsiyalangan quvur - kollektorlarga uzatilgan suv,
quyosh nuri
ostida 100
0
C gacha isitiladi hamda quvurlar orqali iste’molchiga - binolarni
issiq suv bilan ta’minlash va isitishga uzatiladi. Binolarni isitishga uzatilgan suv
sovugandan so’ng nasoslar yordamida (yoki o‘z oqimi bilan)
yana isitish
kollektorlariga uzatiladi. Jarayon shu tarzda davom etadi. Quyidagi 1.1-jadvalda
quyosh suv isitgichlarning taxminiy narxlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: