Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
1.2 Hozirgi zamon energetikasi va atrof muhit muxofazasi muammolari Aholi sonining о‘sib borishi natijasida energiyaga bо‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda tejamkorlikka e’tibor berish va uni amalga oshirish muhim vazifalardan biridir. Bu yerda shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, yuqoridagilarning 70 %i neft va tabiiy gaz energiyalari hisobiga ta’minlanadi. Ammo, ularning butun dunyodagi zahiralari chegaralangan bо‘lib, vaqt о‘tishi bilan tugab boradi. Aytish mumkinki, hozirning о‘zidayoq neft va gaz qazib chiqarish qiyinlashib va qimmatlashib bormoqda. Shuning uchun ham hozir butun dunyoda yangi energiya manbalaridan, jumladan yadro energiyasiga va qayta tiklanadigan noan’anaviy energiya manbalaridan yer osti issiqlik energiyasi, dengizlarda suv kо‘tarilishi va pasayishi energiyasi va boshqalardan foydalanishga о‘tish bо‘yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, quyosh energiyasidan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Quyosh yerdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyosh nurlari ta’sirida fotosintez jarayoni (о‘simliklarda oqsil, uglevodorod va boshqa murakkab almashinuv) yuz beradi. Shuningdek, issiqxonalardagi о‘simliklarda ham quyosh va elektr lampalarining nuri ta’sirida fotosintez hodisasi rо‘y beradi. Fotosintez jarayonida quyosh energiyasining bir qismi kimyoviy energiyaga aylanadi. Shuningdek, yerdagi organik yoqilg‘ilar (kо‘mir, neft, torf va boshqalar) ham quyosh ta’sirida fotosintez natijasida paydo bо‘lgan. Quyosh nuri ta’sirida atmosferada suv bug‘larini aylanishi sodir bо‘lib, ular ulkan daryolar oqimini yuzaga keltiradi hamda gidroelektrostansiyalarda energiyasi olishni ta’minlaydi. Quyida quyosh va uning energiyasi haqida qisqacha ma’lumot keltiramiz. Quyosh sirtida harorat 6000 °C, markazida esa 10 mln gradusni tashkil etadi. Quyoshdan yergacha bо‘lgan masofada 150 mln kilometr bо‘lib, uning 13 I diametri yer diametridan 109 marta katta va massasi esa 2∙10 33 ga teng. Quyoshning quvvati 3,83∙10 23 kVt bо‘lib, yerga har sоniyada 91·10 24 kal energiya sochadi. Shuning uchun quyoshning massasi har soniyada 4-10 6 t ga о‘zgarib turadi. Quyoshning har bir daqiqa sochadigan nurli energiyasi 91·10 14 t neft tо‘liq yonganda ajratiladigan energiyaga tengdir. Bunday katta energiya Quyosh markazida, tо‘rtta vodorod yadrosidan geliy yadrosi hosil bо‘lishidan iborat termoyadro reaksiyasi natijasida sodir bо‘ladi, chunki quyoshda termoyadro jarayoni amalga oshishi uchun hamma shart- sharoitlar mavjud, birinchidan, hamma moddalar plazma holatida bо‘lib, ikkinchidan, harorati yadrolarni biriktirish uchun yetarlidir. Aniqlanishicha quyosh tarkibining 5 %i gina vodorod tashkil etadi. Termoyadro reaksiyasi davomida massa deffekti (ortiqcha massa) natijasida quyoshdan juda katta energiya ajralib chiqadi. Shu energiyadan 2,5∙10 18 kal/min qismi yerga yetib keladi, undan 40 %i atmosferada va kosmik fazoda sochiladi, 16 %i esa yutiladi. Quyosh radiatsiyasi intensivligining atmosfera tashqarisidagi kattaligi quyosh doimiyligi deyiladi. Quyosh doimiyligi о‘rtacha 1,4 kvadrat metrga teng. Atmosferaning yuqori qatlamidagi quyosh energiyasi о‘rta hisobda bir daqiqada 1 kub santimetrli suvni 2°C gacha isitish quvvatiga ega. Yer sirtiga tushayotgan quyosh nurlari о‘zining intensivlik xususiyatiga ega bо‘lib, u ikki qismdan iborat: 1. Quyosh nurlariga nisbatan perpendikulyar joylashgan tiniq yuzaga tushadigan tо‘g‘ri radiatsiya. 2. Atmosfera, bulut va atrof-muhit hamda boshqalardan sochilgan radiatsiya. Shuni aytish kerakki, quyoshning og‘ish burchagi o‘zgarib turganligi sababli yer yuziga tushadigan energiya miqdori ham o‘zgarib turadi. Bu esa o‘z navbatida geliouylar va gelioteplitsalarni isitishga salbiy ta’sir etadi. Ikkinchidan, yoz oylarida kun uzoq bo‘lganligi uchun quyoshdan energiya tushish davri ham ko‘p bo‘ladi (13 soat davom etadi). Qish oylarida aksincha kecha uzoq, kun qisqa (yer sirti 9 soat davomida yoritilib turadi) bo‘ladi. 14 Qish oylari quyoshning og‘ish burchagi manfiy qiymatlarni olgani uchun uning balandligi ham kamayadi. Demak, energiya ko‘proq o‘tish uchun uni qabul qiluvchi yuzalarning gorizontga nisbatan qiyaliklarini o‘zgartirib turish kerak, ya’ni quyosh nurlariga nisbatan tik holatga keltirish zarur. Agar gelioqurilma tiniq yuzasining gorizontga nisbatan qiyaligini texnik sabablarga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyati bo‘lmasa, qish paytida ishlash uchun mo‘ljallangan gelioqurilmalarda, masalan, geliouylar, gelioteplitsalar tiniq yuzalarining qiyalik burchaklari o‘sha joyning geografik kengligiga qarab qishda α 1 = φ+δ , yozda α 2 + φ-δ deb olinadi. Qarshi tuman geografik kengligi φ=39°da qish oylari uchun α 1 = 62°, yoz oylari α 2 = 16° ga teng bo‘lishi kerak. Yoz oylarida ishlashga mo‘ljallangan moslamalarni, jumladan, suv isitgichlar, meva quritgichlar va sho‘r suvdan chuchuk suv olish qurilmalarining qiyalik burchaklari odatda kichik qilib olinadi. Quyosh energiyasidan foydalanishning uchinchi kamchiligi uning ob- havoga bog‘liq bo‘lishidir. Dastavval quyosh energiyasi miqdoriga atmosferaning tiniqligi ta’sir etadi. Atmosferaning quyosh nurlarini yutishi, sochishi va qaytarishini hisobga olib yer yuzasiga tushadigan qismini Q m ga teng deb olamiz. Agar quyosh doimiysini (atmosfera chegarasidagi miqdorini) Q Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling