Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Keyingi 30-35 yil davomida
quyoshli isitish tizimlariga ega bо‘lgan kо‘p sonli obektlar yaratilgan va tahlil
qilingan. Lekin ularning tadqiqot natijalari texnikaviy-iqtisodiy kо‘rsatgichga
ega bо‘lgan biron bir aniq tizim yoki yechimini tanlash va ularni keng
qо‘llashga tavsiya etish imkoniyatlarini bermaydi. Shuning uchun quyoshli
isitish tizimlarining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini о‘rganish bu tizimning
energiya tejamkorligini asoslashning birdan bir yо‘lidir.
Ishning maqsadi. Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh
qurilmalarini samaradorligini asoslash va ularning real imkoniyatlarini aniqlash
hamda shu asosida Qashqadaryo iqlimi sharoitida tajribaviy loyihalash bо‘yicha
ilmiy asoslangan ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ishning vazifalari:
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarilgan:
- aktiv va passiv quyoshli isitish tizimlarining asosiy elementlarining о‘zaro
joylashishini sxematik-issiqlik optimallash;
- mazkur tipdagi quyoshli isitish tizimlarida kunduzgi ortiqcha quyosh
energiyasi issiqligini jamlovchi qurilmaning solishtirma issiqlik sig‘imini
asoslovchi munosabatlarni keltirib chiqarish;
- aktiv va passiv quyoshli isitish tizimiga ega bо‘lgan quyosh qurilmalarining
solishtirma issiqlik yо‘qotishini aniqlash uchun hisobiy ifodani ishlab chiqish;
- aktiv va passiv quyoshli isitish tizimiga ega bо‘lgan tajribaviy obektni
ishlab chiqish va uning real issiqlik rejimlarini tadqiq qilish.
Tadqiqot obekti va predmeti. Quyosh energiyasidan foydalanib aktiv va
passiv quyoshli isitish tizimi; mazkur turdagi quyoshli isitish tizimlarining
issiqlik samaradorligi, texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar va energiya tejamkorligi.
Tadqiqot uslublari. Aktiv va passiv, ya’ni quyoshli isitish tizimining issiqlik
samaradorligi, texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar va energiya tejamkorligini
asoslash uchun analitik hisob usuli qо‘llanildi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |