Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: quyoshli isitish tizimining
issiqlik samaradorligini aniqlash, texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar va energiya
tejamkorligini asoslash usullari.
Ilmiy yangiligi:
- Aktiv va passiv quyoshli isitish tizimining issiqlik samaradorligini aniqlash
uchun ifoda;
- Aktiv va passiv quyoshli isitish tizimining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini
aniqlash uchun ifoda;
- Aktiv va passiv quyoshli isitish tizimining energiya tejamkorligini asoslash
uchun ifoda;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Respublikamizning
janubiy iqlim sharoitlarida issiqlik ta’minoti tizimlari uchun sarflanayotgan
an’anaviy yoqilg‘i-energetika resurslarini 30-50% gacha tejashi mumkin bо‘lgan
quyoshli isitish tizimlarini hisoblash, tatbiq qilish uchun ilmiy asoslangan
dastlabki ma’lumotlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi.
Natijalarning
joriy
qilinishi.
Qarshi
davlat
universitetining
geliomaydonchasida aktiv va passiv quyoshli isitish tizimlari tajribaviy obektlari
da natijalar joriy qilingan.
Ishning sinovdan о‘tishi. Dissertatsiya ishining natijalari va asosiy holati
QarMII “Issiqlik energetikasi” kafedrasida muhokama qilingan.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va
natijalari umumiy soni 4 ta, shu jumladan 2 ta konferensiya materiallarida, 1 ta
Respublika ilmiy jurnaliga va 1ta Xalqaro ilmiy jurnalga chop qilingan ilmiy
maqolalarda bayon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish qism, 3 bob va
xulosadan iborat. Ish ___ sahifada bayon qilingan bо‘lib ___ chizma, ___ jadval
va ___ manbani о‘z ichiga olgan foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan hamda
internet saytlaridan iborat.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |