Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


I-bob. QUYOSH ENERGIYASINI ISSIQLIK ENERGIYASIGA


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

I-bob. QUYOSH ENERGIYASINI ISSIQLIK ENERGIYASIGA 
AYLANTIRISH 
 
1.1. Quyosh qayta tiklanuvchi energiya manbai 
 
Quyosh, uning hayotbaxsh nurlari haqida qanchadan-qancha afsonalar 
tо‘qilmagan, rivoyatlar bitilmagan.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon quyoshga sig‘inib kelgan, uni xudo 
o‘rnida ko‘rganlar. Chunki u haqiqatdan ham yer yuzida hayot manbaidir. 
Qadimgi Misr fira’vinlaridan biri (Nefertitining eri) Exnaton ismini qabul qilgan 
(Atonga - quyoshga sajda qiluvchi), ya’ni Exnaton - tabiiy termayadro 
reaktoriga sajda qilgan. Quyoshdagi energiyani hosil bo‘lishi - termayadro 
reaksiyasi tufaylidir. Quyosh nurlari - bu vodorodning 4 dona va geliyning bir 
dona atomining qo‘shilganidir [35,36].
Qanchadan-qancha yillar unga talpinib о‘tmagan. Ha, inson zoti aqlini 
tanigandan buyon Quyoshga sig‘inib yashaydi. Qadimda bu sig‘inish odamzot 
olamning sirlaridan voqif bо‘lmaganligi-dunyoni bilish ibtidoiy darajada 
bо‘lganligi tufayli ilohiy tusda edi. Zamonlar о‘tib, olamni ilmiy bila boshladik. 
Quyosh sistemasi — tuzilmasi sirlari bizga kо‘p jihatdan ayon bо‘ldi. Biroq 
unga nisbatan qiziqish ortsa ortdiki, kamaymadi. Insonning quyoshga nisbatan 
bunchalik qiziqishi bejiz emas. Zero sayyoramizda hayotni quyoshsiz mutlaqo 
tasavvur etib bо‘lmaydi. Quyosh, uning tiriklikning quvvati bо‘lgan nurlari 
mо‘jizasi tufayligina ona zaminimiz yam-yashil yashnab turibdi. U tufayligina 
necha million-million yillardan buyon Yer yuzida hayot xuddi shunday davom 
etib kelmoqda. Bugungi kunda bu borada ozmuncha kitoblar yozilmagan. 
Quyosh nurining buyuk mо‘jizalaridan biri fotosentez jarayoni, ya’ni quyosh 
nuri quvvatining organik (kimyoviy) quvvatga aylanishi hodisasidir. Ma’lumki, 
о‘simliklarning yaproqlarida yashil modda — xlorofil mavjud bо‘lib, u 
yorug‘lik quvvati ta’sirida karbonat angidrid gazi va suv negizida organik 
moddalar hosil qiladi. Bu jarayonda karbonat angidrid havodan yutiladi, suv esa 



ildizlar orqali tuproqdan sо‘riladi. Natijada о‘simlik tanasida uglevodlar, oqsil, 
yog‘ va murakkab moddalar tо‘planadi. Bular kishi organizmi, uning sog‘ligi 
uchun zarur moddalar hisoblanadi. 
Hozirgi kunda foydalanilayotgan organik yoqilg‘ilar: toshkо‘mir, torf, tabiiy 
gaz, neft va boshqalar bir vaqtlar fotosintez jarayonida quyosh quvvati ta’sirida 
hosil bо‘lgan. Bu quvvatning 94 %i qattiq yoqilg‘ilarga, qolgan qismi gaz va 
suyuq yoqilg‘ilar hissasiga tо‘g‘ri keladi. 
Yerda hayot mavjudligining muhim omillaridan biri sayyoramizda suvning 
aylanish jarayonidir. Quyosh nuri ta’sirida yer yuzasidan suv bug‘lanib 
atmosferaga kо‘tariladi. Natijada bulutlar hosil bо‘lib, osmonda sodir bо‘ladigan 
ma’lum jarayonlar ta’sirida yana yomg‘ir, qor shaklida yer yuziga tushadi. 
Yog‘in-sochindan daryolar, kо‘llar hosil bо‘ladi. Suvning mazkur aylanish 
jarayoni
 tufayli sayyoramiz chuchuk suv bilan ta’minlanib turadi. Daryolarning 
suv quvvatidan esa elektr quvvati olishda foydalaniladi. Yog‘in-sochin о‘simlik 
dunyosining yashashi uchun ham eng zarur omillardan biridir. 
Quyosh nurlari yer sathini bir tekisda isitmaydi. Buning natijasida 
atmosferada ulkan shamol oqimini hosil bо‘ladi. Shamol quvvatidan ham keng 
miqyosda amaliy maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Sayyoramizning 
issiqlik muvozanatini shakllantirishda ham quyosh asosiy rol о‘ynaydi. Quyosh 
radiatsiyasi evaziga yer yuzida
 issiqlik taqsimoti amalga oshadi. 
Shunday qilib, inson quyoshning issiqlik quvvatidan tabiiy sharoitda azaldan 
foydalanib kelmoqda. Bizning davrimizga kelib esa geliotexnik
1
qurilmalar 
yordamida undan turli xil quvvatlar olish uchun foydalanishning katta 
imkoniyatlari paydo bо‘ldi. 
Quyosh quvvatini tasavvur etish uchun quyidagi taqqoslashni keltirish 
mumkin. Uning bir sekundda chiqargan quvvati Yer sharidagi barcha suvni bir 
minutda bug‘lantirib yuborishga qodir. Quyoshdan fazoga tarqalayotgan bunday 
katta miqdordagi quvvat uning markaziy qismida sodir bо‘layotgan termoyadro 
1

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling