19
1.2-rasm. Markaziy Osiyo mamlakatlarida quyosh radiatsiyasining
taqsimlanishi
Ulardan issiqlik
tashuvchi sifatida suv, havo yoki antifrizlar ishlatish
mumkin. Ikkinchi holatda esa, yorug‘lik
oqimi energiyasi fotoelektr
o‘zgartirgichlarda bevosita elektr energiyasiga aylanadi yoki
issiqlik elektr
stansiyalarning an’anaviy sxemalar ishlatiladi.
Insoniyat qadim zomonlardan quyoshning qudratini sezganlar va o‘zlarini
bir umr unga bog‘liq ekanliklarini his qilganlar. Shuning uchun quyoshdan
to‘xtovsiz ko‘proq foydalanishni o‘ylaganlar. Avval quyosh nuridan qo‘shimcha
energiya olish
suvni va binolarni isitish, dengiz suvlarini tozalash va boshqa
maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilishganlar.
Hozirgi kunda dunyodagi barcha mamlakatlarda ekologik toza energiya
hisoblangan quyosh energiyasidan foydalanishga harakat qilinmoqda.
Quyosh
nurlari energiyasi, issiqlik hamda elektr energiyasi ishlab chiqarishda
foydalanilmoqda [37].
Birinchi holatda yassi konsentratsiyalashgan
quyosh kollektorlari
qo‘llanilsa, ikkinchi holatda yorug‘lik oqimi energiyasi fotoelektr
o‘zgartirgichlar yordamida bevosita elektr energiyasiga aylantiriladi (yoki
quyosh nuridan olingan issiqlik energiyasidan, ana’naviy issiqlik elektr
stansiyalaridagidek foydalaniladi).
20
Past temperaturali (100
0
C gacha) issiqlikni quyosh energiyasi yordamida
olish, hozircha ishlab chiqilgan texnalogiyalar bo‘yicha uncha murakkab emas
va u yer yuzasining har xil nuqtalarida uzoq vaqt rivojlanish tarixiga ega. 1.3 va
1.4- rasmlarda quyosh nurlarini yig‘uvchi qurilmalarning turlari ko‘rsatilgan.
Quyosh energiyasidan issiqlik olish uncha qiyin jarayon emas. Nazariy
jihatdan quyosh nurlarini yig‘uvchi moslamalar yordamida 5600
0
C
ga yaqin
issiqlik olish mumkin. Dunyoda ikkita ulkan quyosh pechlari mavjud:
O‘zbekiston Respublikasi va Fransiyada. O‘zbekistondagi (1.4- rasm) quyosh
pechining temperaturasi t
0
=4000-4500
0
C ga teng, Fransiyada ishga tushirilgan
quyosh pechining temperaturasi esa t
0
=3800
0
C ga yetadi [30].
Do'stlaringiz bilan baham: