Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
- rasm. Quyosh kollektori ishini tavsiflovchi egri chiziq
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
2.18- rasm. Quyosh kollektori ishini tavsiflovchi egri chiziq
Ba’zan kollektor quyosh tizimining mo‘tadil harorat tartibida ishlashini ta’minlash maqsadida bir necha kollektorlarni parallel yoki ketma-ket ulashni amalga oshirish foydalidir. Kollektor ishi sifati uning joylashishi bilan ham bog‘liq. Kollektorning joylashtirishda qiyalik burchagini to‘g‘ri ta’minlash lozim. Uning kattaligi joylashtirish o‘rnining geografik kengligiga bog‘liq. Kollektorga tushayotgan quyosh nurlari iloji boricha to‘g‘ri burchak hosil qilib tushishi kerak. Bundan tashqari, kollektor ekvatorga tomonga yo‘nalishda oriyentirilgan bo‘lishi kerak. Noto‘g‘ri oriyentirlash uning samaradorligini sezilarli darajada (25%) gacha pasayishga olib keladi. 64 Isroilda quyosh energiyasidan foydalanishning eng ma’lum misollaridan biri mamlakatning istalgan joyidagi uylar tomlarida o‘rnatilgan suv isitgichlari (boylerlar)dir. Maishiy extiyojdagi ko‘p uchraydigan qurilma 150 l sig‘imli issiqlik o‘tkazmaydigan suv rezervuarlari va 2 m 2 maydondagi quyosh batareyasi yassi paneldan iborat. Batareya quyosh issiqlik energiyasini akkumulyatsiyalaydi va suvni isitadi, u esa nasossiz o‘zi oqib rezervuarga tushadi. Bunday tizimlarning o‘rtacha yillik samaradorligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Shu tariqa, bunday qurilma uning egasi yiliga taxminan 2000 kVt/soat (ya’ni elektr energiyasi qiymatini hisobga olganda tegishli summani) tejash imkonini beradi. Oddiy kunda qurilma boylerlar suv haroratini taxminan 30 ºC ga ko‘tara oladi, ya’ni suvni 50 ºC haroratiga qadar isitadi. Amalda bu qurilma egasi yilning asosiy qismi davomida zaxiradagi elektr isitgichdan (barcha boylerlarda u mavjud) foydalanmasligini anglatadi, chunki u yuvinish uchun issiq suvni «tekin» ga oladi. Katta sig‘imli tizimlar (odatda nasoslar qo‘llaniladi) ko‘p qavatli binolar, ba’zi kibutsiyalar, shuningdek mamlakatning ko‘plab sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. Quyosh energiyasidan foydalanishga mo‘ljallangan aralash isitish tizimlari, qishloq turar joy binolarini va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqilgan. Obyektlarni issiqlik bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Bunday tizimlarda asosan, quyosh energiyasidan issiqlik tashuvchi sifatida esa suvdan foydalaniladi. Bunday qurilmalarda yillik energiya sarfi 10% gacha kamayishi mumkin. Isitish va issiq suv bilan ta’minlash quyosh issiqlik tizimi ham taklif qilinadi, unda egiluvchan materialdan yasalgan isitilgan suvni yig‘adigan asosi yoki bosh to‘plovchi to‘ldirgich qattiq vannaga joylashtirilib, quyosh energiyasi kollektori quyosh qurilmasining birinchi konturiga ulangan qurilmada bosh to‘plovchining ustida sistemadagi suvni to‘ldirib turish uchun idish, birinchi kontur bilan va isitish qanday issiq suv bilan ta’minlovchi tizim binodan almashtirgich joylashtirilgan. Birinchi konturdagi suv sarfi bosh to‘plovchidagi suv xarorati bo‘yicha boshqariladi. 65 Issiqlik uzatishning geliotizimlardan Farg‘ona vodiysida tegishli texnika iqtisodiy asoslarga muvofiq quyidagi holatlarda, qo‘llanilishini tavsiya qilishimiz mumkin: -mavsumiy issiqlik bilan ta’minlash yoki yozgi vaqtda issiqlik is’temolidan foydalanishning maksimal rejimida; -an’anaviy issiqlik manbalari chiqariladigan energiyasi tannarxi yuqori bo‘lganda; -kelib tushadigan quyosh radiatsiyasi o‘rtacha yillik miqdori yuqori bo‘lganda va quyoshli kunlar miqdori katta bo‘lganda; -QEK qurilmasini joylashtirish uchun maydonchalar bo‘lganda va bino konstruksiyasida QEK soya berib turadigan to‘siqlar bo‘lmaganda; -atrofdagi havo muhitining o‘ta toza bo‘lishiga talablar yuqori bo‘lganda; - yoqilg‘i-energetika resuslarini tejash maqsadida. Quyoshli issiq suv ta’minoti tizimi (QIST) ning asosan ikki xili bor issiqlikni tabiiy uzatish (2.19 a-rasm) va issiqlikni tashuvchini majburan haydab sirkulyatsiya qilish (2.19 b-rasm) xillari. Agar quyosh energiyasi kollektor konturida va issiqlik bak-akkumulyatorda suv bo‘lsa, QISTT bir konturli sxemada bajariladi. Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling