Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

 
II-bob. Bo’yicha xulosa 
1.Quyosh energiyasidan issiqlik ta’minotida foydalanishning aktiv va passiv 
tizimlari konstruksiyalari, prinsipial sxemalari asosida tahlil qilib chiqildi. 
2. Past haroratli quyosh qurilmalarida quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga 
aylantirishdagi jarayonlar o’rganib chiqildi.
3. Quyosh energiyasi issiqlik ta’minoti aktiv va passiv tizimlari va ulardan 
foydalanishning nazariy asoslari ko’rib chiqildi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


71 
III-bob ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMIDA AKTIV VA PASSIV 
QUYOSH QURILMALARINING SAMARADORLIGINI TADQIQ 
QILISH 
 
3.1. Quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari 
Isitish va issiq suv ta’minoti uchun quyosh nurlanish energiyasidan 
foydalanishga asoslangan tizimlarga quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari deyiladi 
[1,14,15,16,32]. "Quyosh uyi" degan atama XX-asrning 30-chi yillarida 
AQShda birinchi marta paydo bo‘lgan, ya’ni qishqi quyoshning past qiya 
nurlarini xona ichiga o’tishni ta’minlash maqsadida janubga yo‘nalgan katta 
derazalardan foydalanila boshlangan [16,20,32]. Shu vaqtdan boshlab isitish va 
issiq suv olish uchun quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy va 
amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar energetik va 
ekologik masalalarni yechishda alternativli energiya sifatida 60-70-chi yillarda 
juda keng rivojlana boshlagan. 
Hozirgi vaqtda uy-joy, jamoat va sanoat binolarini isitish va issiq suv 
bilan ta’minlash uchun quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha jahon 
amaliyotida katta tajriba to‘plangan hamda asosiy nazariy, texnikaviy va 
me’morchilik muammolari yechilgan. "Quyosh uylari"dan dunyoning ko‘p 
mamlakatlarida foydalaniladi. Quyosh isitish ta’minoti tizimiga ega bo‘lgan eng 
ko‘p obyektlar AQSH, Fransiya, Germaniya, Isroil, Yaponiya, Xitoy, Hindiston 
kabi davlatlarda ishlatiladi. Respublikamizda ham bu sohada samarali loyihalar 
ishlab chiqilgan va ishlatilmoqda.
Issiqlik ta’minotida quyosh energiyasidan amalda foydalanish samaradorligi 
quyidagi prinsiplarga asoslangan [1,15]: 
-muayyan obyektga bog‘lanishi, ya’ni uning vazifasi hamda konstruktiv, qurilish 
va me’morchilik xususiyatlarini hisobga olgan holda. 
issiqlik yuklamasining o‘ziga xos xususiyati, radiatsiyali-iqlim va geografik 
sharoitlari. 


72 
-iqtisodiy va texnikaviy imkoniyatlari, boshqa energiya manbalarining 
mavjudligi. 
-uyg‘unlashtirilgan, 
o‘rinbosa oladigan issiqlik ta’minoti tizimlaridan 
foydalanish imkoniyatlari. 
-sotsial-maishiy sharoitlar, milliy va maxaliy an’analar. 
Quyosh isitish tizimlarining turlari ko‘p bo‘lishidan qat’iy nazar, ularni ikki, 
ya’ni passiv va aktiv guruhlarga ajratish mumkin [1,14,15,20].
3.1-rasmda passiv quyosh isitish tizimlarining asosiy turlari keltirilgan.
А B 2 V 
2 2 
1 1 1
3
G 5 D

6

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling