Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


-rasm. Passiv quyosh isitish tizimlari


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

3.1-rasm. Passiv quyosh isitish tizimlari: A - F.Xatchinson tizimi (AQSH); B - 
Tromb-Mishel tizimi (Fransiya); V - M.Vagner tizimi (Angliya); G - S.Baer 
tizimi (AQSH); D - "Zoumuorks korporeyshin" firmasining tizimi (AQSH); 1 - 
yorug‘lik shaffof to‘siq, 2 - issiqlik qabul qilgich - devor, 3 - issiqlik qabul 
qilgich - pol, 4 - qaytargich - ekran, 5 - issiqlik qabul qilgich - suvli idish, 6 - 
issiqlik akkumulyator.


73 
Passiv quyosh isitish tizimlarining ishlash prinsipi quyidagi jarayonlarga, 
ya’ni shaffof qoplama bilan himoyalangan va qoraytirilgan sirtlarga quyosh 
nurlanish energiyasini to‘plashga va ularni qizdirishga, issiqlik o‘tkazuvchanlik 
va erkin konveksiya orqali issiqlikni isitiladigan xonaga uzatishga asoslangan. 
Passiv tizimlar binoning konstruksiya elementlaridan va issiqlik yo‘qotishlarni 
kamaytirish chora-tadbirlaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi 
[1,7,14,16,20,29]. Passiv tizimlarda issiqlik tashuvchi sifatida havo xizmat 
qiladi.
Isitiladigan xonaga issiqlikni uzatish usuliga qarab passiv isitish 
tizimlarini uch turga bo‘lish mumkin: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (3.1. A rasm); 2) 
bilvosita (3.1, B, V, G rasm); 3) izolyatsiyalangan (ajratilgan, 3.1. D rasm) 
usullar bilan issiqlikni qabul qilish va uzatish. Passiv quyosh isitish tizimlarini 
keng qo‘llash, ya’ni quyosh radiatsiyasi o‘tishini rostlash va issiqlik 
yo‘qotishlarni kamaytirish uchun binoning konstruksiya elementlaridan 
foydalanish, turli xil qaytargich, ekran, parda, jalyuz va h.k. larni ishlatish 
"quyosh me’morchiligi"ning rivojlanishiga olib keldi (3.1, G rasm).
O‘zbekiston sharoitida passiv quyosh isitish tizimlaridan foydalanish 
tajribalari va tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin [1]: 
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi utish tizimlarining samaradorligi 
past.
- qish paytida qo‘shimcha issiqlik manbai talab etiladi, yozgi vaqtda esa 
xonalar qizib ketadi. 
- katta massali issiqlik akkumulyatorlariga ega bo‘lgan bilvosita yoki 
izolyatsiyalangan (ajratilgan) isitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
- qaytarish va ekranlash tizimlaridan foydalanilganda samaradorligi 
yanada oshadi, ya’ni ular yozda quyosh radiatsisini binoga o‘tishini kamaytiradi, 
qish faslida kunduzgi vaqtda quyosh radiatsiyasi o‘tishini ko‘paytiradi, tunda esa
issiqlik yo‘qotishlarini kamaytiradi. 
- o‘zbekiston sharoitida passiv tizimlar isitish uchun kerakli issiqlik 
yuklamasining 30...60% ni quyosh energiyasi hisobidan ta’minlashi mumkin.


74 
Aktiv quyosh isitish tizimlarining quyosh kollektorlari (havo yoki suv 
isitgichlari), 
issiqlik 
tashuvchini 
sirkulyatsiyalash 
elementlari 
(havo 
o‘tzazgichlar, ventilyatorlar, quvurli o‘tkazgichlar, nasoslar, issiqlik 
almashtirigichlar) va issiqlik akkumulyatorlari asosiy tashkil etuvchi qismlari 
bo‘lib hisoblanadi.
Aktiv tizimlarni quyidagi alomatlar bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin 
[1,7,14,15]: 
- issiq suv ta’minoti, isitish va uyg‘unlashtirilgan tizimlarning bajaradigan 
vazifasi bo‘yicha; 
- mavsumiy, yillik ishlash davri bo‘yicha; 
- individual (yakka), guruhli, markazlashgan iste’molchilar bo‘yicha; 
- 1, 2 va ko‘p konturli, konturlar soni bo‘yicha; 
- o‘rinbosar oladigan issiqlik manbaining bor bo‘lishligi va uning turi 
bo‘yicha. 
A B V
4
1 2 1 2 1 3 2
4 5 4
5 5 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling