Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarida tashuvchining (a) va
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.20-rasm. Ikki konturli quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik tashuvchining (a) majburiy (b) sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi.
2.19-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarida tashuvchining (a) va
majburiy (b) sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi. 1. quyosh energiyasi kollektori, 2. issiq suv bak-akkumulyatori, 3. nasos, 4. aralashtirgich ventil 66 2.20-rasm. Ikki konturli quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik tashuvchining (a) majburiy (b) sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi. 1. quyosh energiyasi kollektori 2. issiklik akkumulyatori 3. issiqlik almashtirgich 4. qo‘shimcha issiqlik manbai 5. nasos 6. saqlagich klapan. Issiqlik tashuvchining muzlab qolishining oldini olish maqsadida QEK konturida antifrizdan foydalanish mumkin, u xolda antifrizdan suvga issiqlik almashtiruvchi (teploobmenik) orqali uzatiladi va QISTT ikki konturli sxema orqali bajariladi. (2.20 a-rasm) QISTT ning birinchi tipi odatda is’temolchilar unga ko‘p bo‘lmaganda foydalaniladi, u holda issiqlik bak-akkumulyatori quyosh energiyasi kollektoridan yuqoriroq yerga joylashtirilishi kerak. Is’temol miqdori katta bo‘lsa, issiq suv sirkulyatsiyasi uchun nasos kerak bo‘ladi. (2.20 b-rasm) Geliyli suv isitgichlaridan foydalanishda foydalanuvchining issiq suv iste’moli vaqt bo‘yicha qurilma maxsuldorligi bilan mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun qurilmalarda issiqlik saqlash quyi tizimi–isitilayotgan suv uchun maxsus idishlar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. Akkumulyator - qurilmaning juda xam zarur unsuri xisoblanib, butun tizimning muvoffaqiyatligi ishlashi unga bog‘liqdir. Akkumulyatorning asosiy ko‘rsatkichi uning sig‘imidir. Chunki, kollektor va bak–akkumulyator yopiq tizimini hosil qiladi. Undagi issiqlik tashuvchi sirkulyatsiya tabiiy konveksiya hisobiga yoki sirkulyatsiya nasos yordamida amalga oshiriladi. 67 Akkumulyator sig‘imi va yig‘uvchi yuza maydoni o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Katta maydonli yig‘uvchi yuza va kichik sig‘imli akkumulyatorlarga ega bo‘lgan qurilmalarda kichik hajmdagi, lekin yuqori haroratdagi issiq suvlarni ishlab chiqarish mumkin. Kichik maydonli yig‘uvchi yuza va katta sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan qurilmalarda esa, aksincha, katta hajmdagi past haroratli issiq suv ishlab chiqariladi. Birinchi xolda qurilmada yig‘ish samaradorligi pasayadi, ikkinichi xolda tashqi zaxira energiya is’temoli ortadi. Majburiy sirkulyatsiya bo‘lmaganda, zichlik farqi hisobiga, akkumulyatordagi suv qatlam-qatlam bo‘lib joylashishga moyil bo‘ladi, ya’ni harorati har xil bo‘lgan qatlamlar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, suyuq issiqlik tashuvchidan foydalanilganda bak ichida vertikal yo‘nalgan harorat gradiyenti hosil bo‘ladi haroratlar farqi bir necha o‘n gradusgacha etishi mumkin. Shu sababli kechasi (quyosh radiatsiyasi yo‘q vaqtda) issiqlik tashuvchining teskari oqimini yo‘qotish uchun termosifon sirkulyatsiyadan foydalanish asosida qurilgan tizim teskari klapan bilan ta’minlanishi kerak. qatlamlarning hosil bo‘lishi akkumulyator shakliga ham bog‘liq. Rezervuarning balandligi o‘zining diametriga nisbatan kamida ikki marta katta bo‘lishi kerak. Tayyorlovchi zavodlar tomonidan issiq suv akkumulyatorlarining turli variantlari ishlab chiqarilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan kichik va o‘rtacha qurilmalar uchun maxsus tayyorlangan qurilmalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Akkumulyatorni tanlashda uning qanday materiallardan tayyorganganligi (uning karroziyaga chidamliligi) katta axamiyatiga ega. To‘g‘ri keladigan materiallar-korroziyaga chidamli (zanglamaydigan) po‘latlarning turli markalari, rangli metallarning arzon qotishmalari, nometall materiallar hisoblanadi. Karroziyaning gal’vanik juftlik xodisasi ta’sir natijasi sifatida maxsus ishlab chiqilgan elektron tizimlar yordamida yoki «sarflanuvchi anod» deb ataluvchi qurilma yordamida oldi olinishi mumkin. Bundan tashqari, akkumulyator, yaxshi issiqlik izolyatsiyasiga ega bo‘lishi kerak. 68 Quyosh yordamida, suv isitishning yirik tizimlarida, akkumlyatorlarining konstruktiv jixatdan murakkabroq foydalanishi mumkin. Bir necha bak- akkumulyatorlarni o‘zaro ketma-ket ulanishi is’temolchini issiq suv bilan ta’minlashda uzilishlarni yo‘qotadi. Quyosh nuri yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoning sodir bo‘lmasligi uchun quyosh suv isitish tizimlarida odatdagi energiya manbalari nazarda tutiladi. Kollektor quyosh tizimi quvvati yetarli bo‘lmay qolganda qo‘shimcha energiya manbasiga ulanadi. U energiya sarfi ayni vaqtida is’temolchini uzluksiz ta’minlashni amalga oshirishni ta’minlaydi. Unchalik katta bo‘lmagan quyosh qurilmalarida qo‘shimcha energiya sifatida elektr suv isitgichlar xizmat qiladi. Bundan tashqari gaz va mazut garelkalari qo‘llanishi mumkin. Issiqlik quyosh qurilmalarining murakkabligiga ko‘ra turli nazorat va boshqarish quyi tizimlari mavjud. Eng soddalaridan (kichik termosifonlar variantlarda) haroratga bog‘liq ravishda rezerv energiya manbasini ulab yoki uzib turuvchi, akkumulyatorga joylashtirilgan datchiklaridan foydalaniladi. Murakkabroq qurilmalarda, xarorat datchiklari konturning bir necha nuqtalarida joylashtiriladi. Bu turli nasoslar va klapanlar ulash uchun, qurilma umumiy holati haqida axborot olish va avtomatik nazoratni amalga oshirish imkoniyatini berdi. Bundan tashqari qurilma masofadan boshqarilishi mumkin va uning turli unsurlari holati haqida axborot boshqa joyda joylashgan stansiyalarga uzatilishi mumkin. Umuman olganda, har doim, nazorat qurilmasini iloji boricha sodda qilib ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Lekin, shunga qaramasdan, u shunday darajada avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerakki, foydalanuvchining doimiy ravishda kuzatib turishning zarurati bo‘lmasin. Harorat va suv miqdori haqida to‘liq axborotni olish uchun akkumulyatorda bir necha datchikning bo‘lishi zarur. Kollektordan chiqishda suv oqimi harorat datchigining xuddi shunday datchikning akkumulyatorda joylashtirilishi bilan kombinatsiyalanishi katta 69 axamiyatga ega. Bu nasoslarni ishga tushirish va to‘xtatish vaqtini to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi. Nazorat boshqarishning ko‘plab quyi tizimlari mavjud. Bular, misol uchun, qurilmalar ishi turli o‘lchamlarini analiz qilish qobilyatiga ega bo‘lgan tizimlar, qizib ketish oldini olish, avariya signalizatsiya va ko‘pgina boshqa funksiyalarga ega bo‘lgan tizimlardir. Lekin, shunga qaramasdan barcha hollarda tizimning buzilmasdan ishlashi, foydalanuvchining to‘g‘ri faoliyatlari bilan birgalikda gelioqurilma optimal rejimda ishlashning asosiy sharti hisoblandi. Nazorat tizimining noto‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi, qurilma uchun oqlab bo‘lmaydigan zararga olib kelishi mumkin. Nazorat tizimining yana bir qiymatli funksiyasini eslatib o‘tish zarur. Energiya yo‘qolishining oldini olish. quyosh nurlari yetarli bo‘lmagan davrlarda qurilma to‘xtab-to‘xtab ishlashi oqibatida energiyaning katta miqdori atrof muxitga ketishi mumkin. Odatda, bir necha tizimlar qo‘shilgan holda yaratilgan quyosh isitish tizimidan xam foydalanish mumkin, masalan, aktiv va passiv tizimlar elementlarini o‘z ichiga oladigan gibrid tizimlar ko‘proq qo‘llaniladi. Issiqlik uzatishning kombinatsiyalashgan gelioissiqlik nasoslari tizimi ancha afzalliklarga ega bo‘lib, unda issiqlik nasoslari ketma-ket va parallel ulangan sxemada bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari QITga bog‘lantiruvchi issiqlik nasosidan ham foydalanish mumkin.. Issiqlik nasosi bog‘lantirgichni oynasiz quyosh energiyasi kollektorini (QEK) binoning to‘sqich konstruksiyasi bilan birgalikda quriladigan «energetik tom» yoki «energetik fasad» hosil bo‘ladi, bu esa quyosh energiyasidan, atrof muxitdagi ko‘rinib turgan va yashirin issiqlikdan foydalanish imkonini beradi. Kompressorlar binoni isitish va issiq suv bilan ta’minlash quyosh qurilmalari issiqlik uzatish kombinatsiyalashgan gelioyoqilg‘i tizimi tarkibiga kirib, is’temolchini quyosh energiyasi hisobiga yillik issiqlik extiyojini qismini qoplashga xizmat qiladi. Issiqlikni to‘la qoplash xizmat qilish kerak. Gelioqurilmaning to‘g‘ri ishlash uchun ma’lum bir shartlarni bajarish zarur. Tizimni ish xolatida saqlash bo‘yicha, asosiy qoidalardan biri tashqi muxit 70 ta’siri ostida bo‘lgan panellarni davriy ravishda tozalab turishdan iborat. Bundan tashqari proflaktik ko‘riklarni o‘tkazish amaliyoti mavjud. Bunga tutashish joylari, muftalar, birikmalar va boshqalarni tekshirish kiradi. Shu bilan birga, qurilmaning samarali ishlashini ta’minlovchi nazorat qurilmalari harorat datchiklari va klapanlar ishlarini tekshirish zarur. Kuzgi qishgi mavsum oldidan tekshirish o‘tkazish va zarur bo‘lsa, birlamchi konturda antifirizni almashtirish zarur. Uncha katta bo‘lmagan gelioqurilmalardan foydalanishda (misol uchun, shaxsiy uylarda) foydalanuvchining o‘zi davriy ravishda tizimini texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. Katta qurilmalar ekspluatatsiyasi bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shug‘ullanishi mumkin. Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling