Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarida tashuvchining (a) va


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

2.19-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarida tashuvchining (a) va 
majburiy (b) sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi. 1. quyosh energiyasi 
kollektori, 2. issiq suv bak-akkumulyatori, 3. nasos, 4. aralashtirgich 
ventil 


66 
2.20-rasm. Ikki konturli quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik 
tashuvchining (a) majburiy (b) sirkulyatsiyasining prinsipial sxemasi. 1. 
quyosh energiyasi kollektori 2. issiklik akkumulyatori 3. issiqlik almashtirgich 
4. qo‘shimcha issiqlik manbai 5. nasos 6. saqlagich klapan. 
Issiqlik tashuvchining muzlab qolishining oldini olish maqsadida QEK 
konturida antifrizdan foydalanish mumkin, u xolda antifrizdan suvga issiqlik
almashtiruvchi (teploobmenik) orqali uzatiladi va QISTT ikki konturli sxema 
orqali bajariladi. (2.20 a-rasm) QISTT ning birinchi tipi odatda is’temolchilar 
unga ko‘p bo‘lmaganda foydalaniladi, u holda issiqlik bak-akkumulyatori 
quyosh energiyasi kollektoridan yuqoriroq yerga joylashtirilishi kerak. Is’temol 
miqdori katta bo‘lsa, issiq suv sirkulyatsiyasi uchun nasos kerak bo‘ladi. (2.20 
b-rasm) 
Geliyli suv isitgichlaridan foydalanishda foydalanuvchining issiq suv 
iste’moli vaqt bo‘yicha qurilma maxsuldorligi bilan mos kelmasligi mumkin. 
Shuning uchun qurilmalarda issiqlik saqlash quyi tizimi–isitilayotgan suv uchun
maxsus idishlar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 
Akkumulyator - qurilmaning juda xam zarur unsuri xisoblanib, butun 
tizimning muvoffaqiyatligi ishlashi unga bog‘liqdir. 
Akkumulyatorning asosiy ko‘rsatkichi uning sig‘imidir. Chunki, kollektor 
va bak–akkumulyator yopiq tizimini hosil qiladi. Undagi issiqlik tashuvchi 
sirkulyatsiya tabiiy konveksiya hisobiga yoki sirkulyatsiya nasos yordamida 
amalga oshiriladi. 


67 
Akkumulyator sig‘imi va yig‘uvchi yuza maydoni o‘rtasida bevosita 
bog‘liqlik mavjud. Katta maydonli yig‘uvchi yuza va kichik sig‘imli 
akkumulyatorlarga ega bo‘lgan qurilmalarda kichik hajmdagi, lekin yuqori 
haroratdagi issiq suvlarni ishlab chiqarish mumkin. Kichik maydonli yig‘uvchi 
yuza va katta sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan qurilmalarda esa, aksincha, 
katta hajmdagi past haroratli issiq suv ishlab chiqariladi. Birinchi xolda 
qurilmada yig‘ish samaradorligi pasayadi, ikkinichi xolda tashqi zaxira energiya 
is’temoli ortadi. Majburiy sirkulyatsiya bo‘lmaganda, zichlik farqi hisobiga
akkumulyatordagi suv qatlam-qatlam bo‘lib joylashishga moyil bo‘ladi, ya’ni 
harorati har xil bo‘lgan qatlamlar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, suyuq issiqlik 
tashuvchidan foydalanilganda bak ichida vertikal yo‘nalgan harorat gradiyenti 
hosil bo‘ladi haroratlar farqi bir necha o‘n gradusgacha etishi mumkin. Shu 
sababli kechasi (quyosh radiatsiyasi yo‘q vaqtda) issiqlik tashuvchining teskari 
oqimini yo‘qotish uchun termosifon sirkulyatsiyadan foydalanish asosida 
qurilgan tizim teskari klapan bilan ta’minlanishi kerak. qatlamlarning hosil 
bo‘lishi akkumulyator shakliga ham bog‘liq. Rezervuarning balandligi o‘zining 
diametriga nisbatan kamida ikki marta katta bo‘lishi kerak. 
Tayyorlovchi zavodlar tomonidan issiq suv akkumulyatorlarining turli 
variantlari ishlab chiqarilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan kichik va o‘rtacha 
qurilmalar uchun maxsus tayyorlangan qurilmalardan foydalanish tavsiya 
qilinadi. 
Akkumulyatorni tanlashda uning qanday materiallardan tayyorganganligi 
(uning karroziyaga chidamliligi) katta axamiyatiga ega. To‘g‘ri keladigan 
materiallar-korroziyaga chidamli (zanglamaydigan) po‘latlarning turli markalari, 
rangli metallarning arzon qotishmalari, nometall materiallar hisoblanadi. 
Karroziyaning gal’vanik juftlik xodisasi ta’sir natijasi sifatida maxsus ishlab 
chiqilgan elektron tizimlar yordamida yoki «sarflanuvchi anod» deb ataluvchi 
qurilma yordamida oldi olinishi mumkin. Bundan tashqari, akkumulyator, 
yaxshi issiqlik izolyatsiyasiga ega bo‘lishi kerak. 


68 
Quyosh yordamida, suv isitishning yirik tizimlarida, akkumlyatorlarining 
konstruktiv jixatdan murakkabroq foydalanishi mumkin. Bir necha bak-
akkumulyatorlarni o‘zaro ketma-ket ulanishi is’temolchini issiq suv bilan 
ta’minlashda uzilishlarni yo‘qotadi. 
Quyosh nuri yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoning sodir 
bo‘lmasligi uchun quyosh suv isitish tizimlarida odatdagi energiya manbalari 
nazarda tutiladi. 
Kollektor quyosh tizimi quvvati yetarli bo‘lmay qolganda qo‘shimcha 
energiya manbasiga ulanadi. U energiya sarfi ayni vaqtida is’temolchini uzluksiz 
ta’minlashni amalga oshirishni ta’minlaydi. 
Unchalik katta bo‘lmagan quyosh qurilmalarida qo‘shimcha energiya 
sifatida elektr suv isitgichlar xizmat qiladi. Bundan tashqari gaz va mazut 
garelkalari qo‘llanishi mumkin. Issiqlik quyosh qurilmalarining murakkabligiga 
ko‘ra turli nazorat va boshqarish quyi tizimlari mavjud. Eng soddalaridan 
(kichik termosifonlar variantlarda) haroratga bog‘liq ravishda rezerv energiya 
manbasini 
ulab 
yoki 
uzib 
turuvchi, 
akkumulyatorga 
joylashtirilgan 
datchiklaridan foydalaniladi. 
Murakkabroq qurilmalarda, xarorat datchiklari konturning bir necha 
nuqtalarida joylashtiriladi. Bu turli nasoslar va klapanlar ulash uchun, qurilma 
umumiy holati haqida axborot olish va avtomatik nazoratni amalga oshirish 
imkoniyatini berdi. Bundan tashqari qurilma masofadan boshqarilishi mumkin 
va uning turli unsurlari holati haqida axborot boshqa joyda joylashgan 
stansiyalarga uzatilishi mumkin. 
Umuman olganda, har doim, nazorat qurilmasini iloji boricha sodda qilib 
ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Lekin, shunga qaramasdan, u shunday 
darajada avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerakki, foydalanuvchining doimiy 
ravishda kuzatib turishning zarurati bo‘lmasin. Harorat va suv miqdori haqida 
to‘liq axborotni olish uchun akkumulyatorda bir necha datchikning bo‘lishi 
zarur. Kollektordan chiqishda suv oqimi harorat datchigining xuddi shunday 
datchikning akkumulyatorda joylashtirilishi bilan kombinatsiyalanishi katta 


69 
axamiyatga ega. Bu nasoslarni ishga tushirish va to‘xtatish vaqtini to‘g‘ri 
aniqlash imkonini beradi. 
Nazorat boshqarishning ko‘plab quyi tizimlari mavjud. Bular, misol 
uchun, qurilmalar ishi turli o‘lchamlarini analiz qilish qobilyatiga ega bo‘lgan 
tizimlar, qizib ketish oldini olish, avariya signalizatsiya va ko‘pgina boshqa 
funksiyalarga ega bo‘lgan tizimlardir. Lekin, shunga qaramasdan barcha 
hollarda tizimning buzilmasdan ishlashi, foydalanuvchining to‘g‘ri faoliyatlari 
bilan birgalikda gelioqurilma optimal rejimda ishlashning asosiy sharti 
hisoblandi. Nazorat tizimining noto‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi, qurilma uchun 
oqlab bo‘lmaydigan zararga olib kelishi mumkin. Nazorat tizimining yana bir 
qiymatli funksiyasini eslatib o‘tish zarur. Energiya yo‘qolishining oldini olish. 
quyosh nurlari yetarli bo‘lmagan davrlarda qurilma to‘xtab-to‘xtab ishlashi 
oqibatida energiyaning katta miqdori atrof muxitga ketishi mumkin. 
Odatda, bir necha tizimlar qo‘shilgan holda yaratilgan quyosh isitish 
tizimidan xam foydalanish mumkin, masalan, aktiv va passiv tizimlar 
elementlarini o‘z ichiga oladigan gibrid tizimlar ko‘proq qo‘llaniladi. 
Issiqlik uzatishning kombinatsiyalashgan gelioissiqlik nasoslari tizimi 
ancha afzalliklarga ega bo‘lib, unda issiqlik nasoslari ketma-ket va parallel 
ulangan sxemada bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari QITga bog‘lantiruvchi 
issiqlik nasosidan ham foydalanish mumkin.. 
Issiqlik nasosi bog‘lantirgichni oynasiz quyosh energiyasi kollektorini 
(QEK) binoning to‘sqich konstruksiyasi bilan birgalikda quriladigan «energetik 
tom» yoki «energetik fasad» hosil bo‘ladi, bu esa quyosh energiyasidan, atrof 
muxitdagi ko‘rinib turgan va yashirin issiqlikdan foydalanish imkonini beradi. 
Kompressorlar binoni isitish va issiq suv bilan ta’minlash quyosh 
qurilmalari issiqlik uzatish kombinatsiyalashgan gelioyoqilg‘i tizimi tarkibiga 
kirib, is’temolchini quyosh energiyasi hisobiga yillik issiqlik extiyojini qismini 
qoplashga xizmat qiladi. Issiqlikni to‘la qoplash xizmat qilish kerak. 
Gelioqurilmaning to‘g‘ri ishlash uchun ma’lum bir shartlarni bajarish 
zarur. Tizimni ish xolatida saqlash bo‘yicha, asosiy qoidalardan biri tashqi muxit 


70 
ta’siri ostida bo‘lgan panellarni davriy ravishda tozalab turishdan iborat. Bundan 
tashqari proflaktik ko‘riklarni o‘tkazish amaliyoti mavjud. Bunga tutashish 
joylari, muftalar, birikmalar va boshqalarni tekshirish kiradi. Shu bilan birga
qurilmaning samarali ishlashini ta’minlovchi nazorat qurilmalari harorat 
datchiklari va klapanlar ishlarini tekshirish zarur. Kuzgi qishgi mavsum oldidan 
tekshirish o‘tkazish va zarur bo‘lsa, birlamchi konturda antifirizni almashtirish 
zarur. Uncha katta bo‘lmagan gelioqurilmalardan foydalanishda (misol uchun, 
shaxsiy uylarda) foydalanuvchining o‘zi davriy ravishda tizimini texnik 
ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. Katta qurilmalar ekspluatatsiyasi bilan 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shug‘ullanishi mumkin. 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling