Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


- rasm. Quyosh kollektori ishini tavsiflovchi egri chiziq


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

2.18- rasm. Quyosh kollektori ishini tavsiflovchi egri chiziq 
Ba’zan kollektor quyosh tizimining mo‘tadil harorat tartibida ishlashini 
ta’minlash maqsadida bir necha kollektorlarni parallel yoki ketma-ket ulashni 
amalga oshirish foydalidir. 
Kollektor ishi sifati uning joylashishi bilan ham bog‘liq. Kollektorning 
joylashtirishda qiyalik burchagini to‘g‘ri ta’minlash lozim. Uning kattaligi 
joylashtirish o‘rnining geografik kengligiga bog‘liq. Kollektorga tushayotgan 
quyosh nurlari iloji boricha to‘g‘ri burchak hosil qilib tushishi kerak. Bundan 
tashqari, kollektor ekvatorga tomonga yo‘nalishda oriyentirilgan bo‘lishi kerak. 
Noto‘g‘ri oriyentirlash uning samaradorligini sezilarli darajada (25%) gacha 
pasayishga olib keladi. 


64 
Isroilda quyosh energiyasidan foydalanishning eng ma’lum misollaridan 
biri mamlakatning istalgan joyidagi uylar tomlarida o‘rnatilgan suv isitgichlari 
(boylerlar)dir. Maishiy extiyojdagi ko‘p uchraydigan qurilma 150 l sig‘imli 
issiqlik o‘tkazmaydigan suv rezervuarlari va 2 m
2
maydondagi quyosh 
batareyasi yassi paneldan iborat. Batareya quyosh issiqlik energiyasini 
akkumulyatsiyalaydi va suvni isitadi, u esa nasossiz o‘zi oqib rezervuarga 
tushadi. Bunday tizimlarning o‘rtacha yillik samaradorligi taxminan 50% ni 
tashkil qiladi. Shu tariqa, bunday qurilma uning egasi yiliga taxminan 2000 
kVt/soat (ya’ni elektr energiyasi qiymatini hisobga olganda tegishli summani) 
tejash imkonini beradi. Oddiy kunda qurilma boylerlar suv haroratini taxminan 
30 ºC ga ko‘tara oladi, ya’ni suvni 50 ºC haroratiga qadar isitadi. Amalda bu 
qurilma egasi yilning asosiy qismi davomida zaxiradagi elektr isitgichdan 
(barcha boylerlarda u mavjud) foydalanmasligini anglatadi, chunki u yuvinish 
uchun issiq suvni «tekin» ga oladi. Katta sig‘imli tizimlar (odatda nasoslar 
qo‘llaniladi) ko‘p qavatli binolar, ba’zi kibutsiyalar, shuningdek mamlakatning 
ko‘plab sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. 
Quyosh energiyasidan foydalanishga mo‘ljallangan aralash isitish 
tizimlari, qishloq turar joy binolarini va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqilgan. 
Obyektlarni issiqlik bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Bunday tizimlarda 
asosan, quyosh energiyasidan issiqlik tashuvchi sifatida esa suvdan 
foydalaniladi. Bunday qurilmalarda yillik energiya sarfi 10% gacha kamayishi 
mumkin. 
Isitish va issiq suv bilan ta’minlash quyosh issiqlik tizimi ham taklif 
qilinadi, unda egiluvchan materialdan yasalgan isitilgan suvni yig‘adigan asosi 
yoki bosh to‘plovchi to‘ldirgich qattiq vannaga joylashtirilib, quyosh energiyasi 
kollektori quyosh qurilmasining birinchi konturiga ulangan qurilmada bosh 
to‘plovchining ustida sistemadagi suvni to‘ldirib turish uchun idish, birinchi 
kontur bilan va isitish qanday issiq suv bilan ta’minlovchi tizim binodan 
almashtirgich joylashtirilgan. Birinchi konturdagi suv sarfi bosh to‘plovchidagi 
suv xarorati bo‘yicha boshqariladi. 


65 
Issiqlik uzatishning geliotizimlardan Farg‘ona vodiysida tegishli texnika 
iqtisodiy asoslarga muvofiq quyidagi holatlarda, qo‘llanilishini tavsiya 
qilishimiz mumkin: 
-mavsumiy issiqlik bilan ta’minlash yoki yozgi vaqtda issiqlik is’temolidan 
foydalanishning maksimal rejimida; 
-an’anaviy issiqlik manbalari chiqariladigan energiyasi tannarxi yuqori 
bo‘lganda; 
-kelib tushadigan quyosh radiatsiyasi o‘rtacha yillik miqdori yuqori 
bo‘lganda va quyoshli kunlar miqdori katta bo‘lganda; 
-QEK qurilmasini joylashtirish uchun maydonchalar bo‘lganda va bino 
konstruksiyasida QEK soya berib turadigan to‘siqlar bo‘lmaganda; 
-atrofdagi havo muhitining o‘ta toza bo‘lishiga talablar yuqori bo‘lganda; -
yoqilg‘i-energetika resuslarini tejash maqsadida. 
Quyoshli issiq suv ta’minoti tizimi (QIST) ning asosan ikki xili bor 
issiqlikni tabiiy uzatish (2.19 a-rasm) va issiqlikni tashuvchini majburan haydab 
sirkulyatsiya qilish (2.19 b-rasm) xillari. Agar quyosh energiyasi kollektor 
konturida va issiqlik bak-akkumulyatorda suv bo‘lsa, QISTT bir konturli 
sxemada bajariladi.

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling