Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


-rasm. Quyosh kollektorining tashqi ko‘rinishi


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

2.14-rasm. Quyosh kollektorining tashqi ko‘rinishi. 
 
Bunday qurilmalar ishlash prinsipi oddiy. U maxsus qurilmalar-quyosh 
kollektorlari tomonidan quyosh energiyasini singdirishga va uni is’temolchi 


59 
tomonidan keyin foydalanish uchun issiqlikni saqlash tizimiga uzatishga 
asoslangan. 
Gelioqurilmalarni o‘rnatish vaqtida maxkamlash moslamalari elementlar 
sifati katta axamyatga ega. Chunki quyosh kollektori beso‘naqay katta va og‘ir 
bo‘ladi (o‘rta hisobda 2 metr kv.ga 50 kg og‘irlik to‘g‘ri keladi). Yuqorida aytib 
o‘tilganidek, tayanch va maxkamlash moslamalarini ishlab chiqishda 
kollektorning gorizontal va vertikal tekisliklarda joylashishini hisobga oluvchi 
shartlardga rioya qilinishi kerak. Kollektorlar yetarli darajada katta yuzaga 
(odatda 2 m kv.) ega bo‘ladi. Shuning uchun, yig‘uvchi panelning turli yig‘uvchi 
qismlarini mahkamlashda shamol kuchi va yo‘nalishini hisobga olish kerak
ya’ni bir jiddiy narsa kollektordan suyuqlikning sizib yoki oqib chiqishining 
oldini olish, ayniqsa u bino old tomoniga cherepitsiyali yoki tekis tomda 
joylashgan bo‘lsa yanada muhim ahamiyat kasb etadi. 
Quyosh suv isitgich qurilmasi namunaviy konstruksiyasi tizimi 15-16-
rasmlarda ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, qurilma 4 ta asosiy 
qismlardan tuzilgan: kollektor tizimi, issiqlik saqlash tizimi, taqsimlash va 
is’temol tizimi, nazorat qilish va boshqarish tizimi. 

2.15-rasm. Bir konturli qurilma tizimi chizmasi. 1-quyosh kollektori 2-
sirkulyatsiya 3-bak, akkumulyator nasosi 4-datchik sozlagich 5-nazorat qilish va 
boshqarish qurilmasi 6-issiqlik almashtirgich. 


60 
2.16-rasm. Ikki konturli qurilma tizimi chizmasi. 
 
Quyosh kollektori shunday qurilmaki, u quyosh nurlari oqimini qabul 
qilib, bu oqim energiyasini issiqlikka aylantirib, uni isitilayotgan suyuqlikka 
issiqlik tashuvchiga uzatadi. Kollektorlarning eng ko‘p tarqalgani shishali yassi 
quyosh kollektori hisoblanadi. Undan tashqari bir qator murakkab kollektorlar 
ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda. Vakuum kollektorlari 
shunday kollektorlardan hisoblanadi. 
Quyosh nurini yig‘uvchi, xarakatlanuvchi va boshqa tuzilishga ega 
bo‘lgan kollektorlarni bir qatorning konstruksiyalari yaratilmoqda. Ular o‘rta va 
yuqori haroratda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Lekin, shunga qaramasdan, 
quyosh suv isitgichlari konstruksiyalarida yassi quyosh kollektorlari 
ishlatilmoqda. 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling