Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Quyosh issiq suv ta’minoti tizimini tadqiq qilish natijalari
3.1 jadval
Kun, oy 15/10 15/11 15/12 15/1 14/2 15/3 15/4 Q g , MJ/(m 2 kun) 15,5 9,46 7,21 8,18 10,95 14,62 19,13 К 1,34 1,62 1,8 1,7 1,43 1,19 1,01 t x , o C 14 8 3 0 5 9 16 Qk , MJ/sut 177,3 443,2 664,8 797,8 576,2 398,9 88,65 G и , m 3 so’m/m 3 /oy 1 , 235 58 , 7 5 , 568 95 , 18 9 , 880 42 , 28 1057 1 , 34 7 , 689 63 , 24 5 , 528 05 , 17 5 , 13 78 , 3 G ish , kg.sh.yo.sut/kg.sh. yo.oy 5 , 312 08 , 10 1 , 456 2 , 25 1171 8 , 37 1406 35 , 45 2 , 917 76 , 32 3 , 680 7 , 22 8 , 150 03 , 5 f max , % >>100 >100 74 66 >100 >100 >>100 86 Yuqorida keltirilgan issiqlik ta’minoti uchun quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash usuli taxminiy bo‘lsa ham, tabiiy yoqilg’ilarni tejash va ekologik toza sharoitni loyihalash hamda dasturlash masalalarini yechishda foydalanish mumkin. Qashqadaryo viloyati sharoitida bino-uy uchun isitish yuklamasi (oylik, yillik); tabiiy gaz (m 3 /yil) va shartli yoqilg‘i kg sh. yo./yil) sarfi aniqlangan. Quyosh energiyasidan foydalanish natijasida quyosh energisi hisobidan yanvar oyda - 45...66%; dekabrda -55...74% issiqlik iste’mol yuklamasini qoplash mumkin. Yil davomida, isitish mavsumida (oktabr-aprel oylarda) 4073 m 3 gaz yoki 5394 kg sh. yo. ni tejash mumkin 3.3. Quyosh issiq suv ta’minoti tizimini tadqiq qilish natijalari Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan janubiy mintakalarda uy-joy- kommunal ho‘jalik sohasida iste’mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 50·70% issiq suv ta’minotida ishlatiladi. Shu bilan birga, isitish ta’minotiga qaraganda, issiq suv ta’minotida qo‘yiladigan talablar ancha past. Shunga asosan, quyosh energiyasi tizimlarining birinchi navbatda issiq suv ta’minoti uchun joriy qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ma’lumki, issiq suv ta’minoti ishlab chiqarish sohalari va kommunal- xo‘jaliklar uchun qullaniladi. Ishlab chiqarish sohalarida, ya’ni kichik sanoat va qishlok xo‘jalik korxonalarida (masalan, xomashyo, oziq-ovqat maxsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash, ferma va boshqa shunga o’xshagan xo‘jaliklarda) issiq suv ta’minotida (60...70 0 C li issiq suv talab etiladigan texnologik jarayonlar uchun) quyosh qurilmalaridan foydalanish mumkin. Individual xo‘jaliklar rivojlanishi bilan quyosh qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) bo‘lgan talab ortib bormoqda. Quyosh qurilmalari kommunal-xo‘jaligida, shaxsiy uylarda, xizmat, madaniy, maishiy, o’qish, davolash va boshqa muassasalarda keng ishlatiladi. Shu bilan birga issiq suv ta’minot darajasi turmush madaniyatini belgilaydi va 87 yashash sharoiti yaxshilangan sari issiq suv iste’moliga bo‘lgan talab ortib boradi. An’anaviy energiya manbalardan uzoq turgan mintaqalarda quyosh qurilmalardan keng foydalanish energetik, ekologik va sotsial axamiyatga ega. Issiq suv ta’minotida ishlatiladigan quyosh tizimlari asosan quyidagi elementlardan iborat: 1-suyuqlik isitgichli quyosh kollektori, 2-issiq suvli bak- akkumulyator. Bunday tizimlar 1, 2 va ko‘p konturli, tabiiy (termosifonli) yoki majburiy sirkulyatsiyali bo‘lishi mumkin. Bir konturli tizimlarning asosiy kamchiligi, ya’ni qishda kollektordagi suvning muzlash ehtimoli va kollektorlarning korroziyalanishi sodir bo‘ladi (2 bob). 9 9 1 2 3 5 4 7 7 6 7 7 6 7 10 8 10 Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling