75
Quyosh issiq suv ta’minoti tizimlari tabiiy (termosifonli) yoki majburiy
sirkulyatsiyali 1, 2 va ko‘p konturli bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlarning
asosiy elementlari quyosh kollektori-suv isitgich va bak-akkumulyator bo‘lib
hisoblanadi (3.2- rasm).
Bak-akkumulyator quyosh kollektoridan balandroq o‘rnatiladi
va zichliklar
gradiyenti hisobidan suv tabiiy konveksiya ta’sirida sirkulyatsiyalanadi. Ikki
konturli tabiiy-konveksiyali tizimlarning (3.2,B,V rasm) kamchiligi - suvning
sirkulsiyalanish tezligi kichik bo‘lganligidan ularning samaradorligi past.
Samaradorligini oshirish uchun esa majburiy sirkulyatsiyadan foydalaniladi.
5 6 13
А 8 B 11 12
1 8
2 4 1 3 2 6
7 5 7 9 7 9
7 10 7
3.3. rasm. Aktiv quyosh issiqlik ta’minoti tizimlarini sxemalari: A-ikki
konturli isitish tizimi; B-uch konturli uyg‘unlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi;
1-quyosh
kollektori;
2-bak-akkumulyator; 3-issiqlik
almashtirgich; 4-
akkumulyatorning baypas chizig‘i; 5-uch yo‘lli jo‘mrak; 6-qo‘shimcha issiqlik
manbai; 7-nasos; 8-xonaga; 9-xonadan; 10-sovuq suv; 11-issiq
suvli bak-
akkumulyator; 12-qo‘shimcha suv isitgich; 13-issiq suv.
Aktiv quyosh isitish tizimlarida quyosh kollektoridagi issiqlik avval
issiqlik akkumulyatoriga so‘ngra xonaga uzatiladi
va shu davrda quyosh
issiqligining yutilishini, akkumulyatsiyalanishini va taqsimlanishini rostlash
talab etiladi.
Suvli isitish tizimlarining bak-akkumulyatoriga ega bo‘lgan
ikki konturli
tizimlari eng keng tarqalgan (3.3, A rasm). Bunday tizimlarda tizimning ayrim
76
qismlarini mustaqil rostlanishi ta’minlanadi va akkumulyatorning baypas
chizig‘i 4 yordamida qo‘shimcha issiqlik manbai 6
hisobidan akkumulyatorni
qizib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uyg‘unlashtirilgan aktiv tizimlar istishni ham va issiq suv ta’minotini ham
ta’minlaydi (3.3, B rasm). Sarflanadigan suvni isitish uchun qo‘shimcha issiqlik
almashtirgichlardan foydalaniladi.
Aktiv quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari qurilmasining ishlash rejimini
avtomatik boshqarish tizimlari bilan ta’minlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: