Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet2/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

Kirish


Sanoat korxonalarida hozirgi davrda suvga bo‘lgan talabning ortib borishi suvdan oqilona foydalanish zarurligini anglatmoqda. Ana shu maqsadda Respublikamizda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida (1993 yil)»,«Atmosfera havosi to‘g‘risida (1996 yil)»,«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida (1996 yil)»,«Fuqoralar sihat-salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida (1996 yil)» kabi bir qator qonunlar qabul qilingan. Qabul qilingan qonunlariga asosan, ko‘pgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish, tabiatni muhofaza qilish maqsadida ekolog mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.


Kurs loyihasi talabalarni «Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyalari» fanining Oqova suvlarni tozalash qismidan olgan bilimlari asosida bajariladi.
Kurs loyihasining maqsadi, talabalarning fanning nazari qismidan olgan bilimlarini mustahkamlash va sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlarni tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan me’yor darajasiga yetkazish tadbirlariga yo‘naltirilgan.
Kurs loyihasi talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Mustaqil ishlarni bajarishda fanning nazariy qismini to‘liq o‘zlashtirib olish talab etiladi. Talaba mavjud adabiyotlar va Internet ma’lumotlaridan foydalanib ma‘ruza darslari dovomida olgan bilimlarini ishlab chiqarishda oqava suvlarni tozalash texnologiyalalarini o‘rganish bilan to‘ldirib boradi. Kurs loyihasi “Ishlab chiqarish oqava suvlarini tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish. Aerotenkni hisoblash” mavzusida talabalar tomonidan bajariladi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma talabaga oqova suvlarni tozalash haqida ma’lumotlar, tozalash usullarining ketma-ketligi, tozalash apparatlarining parametrlari, ishlash prinsipi, samaradorligi, tozalash inshootining sxematik chizmasi, earotenkni hisoblash kabi ishlarni о‘rgatadi.
Kurs loyihasini bajarish uchun dastlabki ma‘lumotlar fan o‘qituvchisi tomonidan beriladi. Bu ma‘lumotlar aniq bir korxonaning sharoitiga jovob berishga qaratiladi. Dastlabki ma‘lumotlar topshiriq varaqasiga yozilib o‘qituvchining imzosi bilan talabalarga tarqatiladi.
Kurs ishi yozuv matnidan va grafik materiallardan iborat bo‘ladi.
Talaba kurs loyihasini yakuniy nazoratgacha to‘liq bajarishi va uni tekshirish uchun fan o‘qituvchisiga topshirishi hamda himoya qilishi zarur.


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling