Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet6/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

Rezervuar gabariti (TI da) m

Qurilish kubaturasi, m3

Aniq sig‘imi, m3

Uzunligi

Eni

Balandligi

3

6

5

98

86

MN tizimidagi yog‘li oqova suvlarning maksimal oqimi 36 m3/soat, normal oqimi 26,5 m3/soat bo‘lgan yog‘li oqova suvlarni tozalash qurilmasiga tushadi (6401 yog‘li oqovalarni nozik tozalash qurilmasi), undan so‘ng 17.5a pozisiyasiga 1 –sonli aralashtirish kamerasiga kelib tushadi, bu yerga bir vaqtning o‘zida, oqova suvlar tarkidagi sulfidlarni biriktirib olishi uchun temir sulfat va poliakrilamid- koagulyant qo‘shiladi.


17.5a pozisiya kamerasiga reagentlar uzatish, diametri 2mm bo‘lgan teshikli quvurlar orqali amalga oshiriladi, ularni yaxshiroq aralashtirish uchun asosiy oqimga nisbatan 30 gradus burchak ostida ishlangan.
Reagentlar bilan qayta ishlangan oqova suvlar yuqoridan 600x450 (h) o‘zi oqar lotok bo‘ylab tindirish uchun flokkulyasiya 17.6 a/b pozisiyasiga o‘rnatilgan kamerali birlamchi tindirgichga kelib tushadi.
Birlamchi tindirgichlar (E ilovadagi 1-rasm) konussimon tubli vertikal silindrik rezervuardir. Birlamchi tindirgichlarni tozalash yoki ta’mirlash hollarida tozalash inshootlarining to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun ikkita parallel bo‘linma ishlashi ko‘zda tutilgan.
Birlamchi tindirgichlarda oqova suvlar tindiriladi va cho‘ktiriladi. Tindirgich o‘rnatilgan bodroq hosil qiluvchi qurilma hamda yig‘uvchi va yuzaga suzib chiqadigan yog‘ mahsulotlarini ajratish tizimi bilan qabul qilingan.
Tindirgich yuzasiga suzib chiqqan yog‘lar 17.6 pozisiyasi tarkibiga kiruvchi pozisiya 17.19 yog‘ni tutib qoluvchi quduqqa yo‘naltiriladi.
Yog‘ ko‘chirma sig‘imlarga yig‘iladi va 6401 qurilmasiga jo‘natiladi.
Yog‘ tutib qoluvchidan tozalangan oqova suvlar tozalash inshootlari maydonlaridagi kanalizasiyasiga kelib tushadi. Tindirish vaqti 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Birlamchi tindirgichning pastki qismidan chiqariladigan cho‘kindi hajmi soatiga 0,043 m3/soat yoki sutkasiga 1,04 m3 ni tashkil etadi. Cho‘kindi birlamchi tindirgichning tindirish qurilmasidan eyrlift bilan 17.12 pozisiyasidagi loyqa zichlagichga haydaladi, keyin 17.9 pozisiyadagi loyqa nasos stansiyasi yordamida 17.14 pozisiyasidagi cho‘kindini suvsizlantirish korpusiga haydaladi, loyqa kamerasidagi toza suv bir vaqtning o‘zida sex maishiy – xo‘jalik kanalizasiyasiga uzatiladi.
K1 tizimidagi maishiy – xo‘jalik oqova suvlari umumzavod xo‘jaligi xizmatidan, qorovullar shaharchasidan va tozalash inshootlari maydonchalarining o‘z extiyojlaridan jami (max) 40 m3/soat va sutkasiga 960 m3 hajmda hosil bo‘ladi.
Maishiy oqova suvlar 17.1a pozisiyasidagi ikkita qabul qilish kamerasiga, ikkita KNS dan bosim chizmasi bo‘ylab uzatiladi. Qabul qilish kameralari kanalizasion tozalash inshootlaridan kelib tushadigan oqova suvlar oqimi energiyasini tushirishga mo‘ljallangan.
Suyuqlikning energiya oqimi fontanda quvur kesig‘i ustida o‘chiriladi.
Shundan so‘ng oqova suvlar ochiq lotoklar bo‘ylab bitta lotokka birlashib, yirik moddalarni ushlab qolish va ajratib olishga mo‘ljallangan panjara orqali o‘tadi.
Panjara sterjenlarining orasi, yirik chiqindilarni ko‘proq ushlab qolish va keyingi tozalash ishlarini osonlashtirish maqsadida, mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim.
Keyin oqova suvlar 17.2 pozisiyasidan suvning aylanma harakati bilan qumni tutib qoluvchiga kelib tushadi.
Qumni tutib qoluvchi, konussimon tubli aylana rezervuar bo‘lib, uning ichida pastda tugaydigan yoriqli tuynugi bo‘lgan gardishli lotok mavjud. (E ilova 2-rasm)
Qumni tutib qoluvchilarning ishlash prinsipi gravitasion kuchdan foydalanishga asoslangan, ya’ni suv olib keluvchi lotok bo‘ylab qumni tutib qoluvchining gardishli lotokiga tangensial (тангенсиално) kelib tushadi.
Mineral zarrachalar (qum) lotokdagi yoriqli tuynuk orqali qumni tutib qoluvchining pastki konussimon qismiga sirg‘anib tushadi, suv esa chiqarib tashlovchi lotok orqali keyingi tozalash joyiga yo‘l oladi.
Qolib ketgan qumni 17.15 pozisiyasidan qum maydonchalariga yo‘qotish 4.902-7 Ds=30 mm; Dg=55 mm seriyasi bo‘yicha qabul qilingan suv elevatori yordamida bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Ushlab qolingan qum miqdori sutkasiga 60 % namlikda, 1.5 t/m3 hajm og‘irligi bilan 20 kg ni tashkil etadi.
Qum maydonlariga tushadigan yuk 3 m3/m2 qabul qilingan, quritilgan qumlar yig‘ilgandan song olib chiqib ketiladi. Qum maydonchalarida tindirilgan oqova suvlar maxsus voronkalar orqali tozalash inshootlari maydonining kanalizasiyasiga tushirib yuboriladi.
Suv elevatorlari uchun ishlovchi suyuqlik sifatida 17.11 pozisiyasining ishlab chiqarish binosida joylashgan VKS 10/45 markali nasosdan V10 tizimidagi tozalash inshootlari maydonchasiga o‘rnatilgan, texnik vodoprovod tizimidan olingan suvdan foydalaniladi.
Qumni qum tutib qoluvchidan yo‘qotishdan oldin gidroelevatorning ishlatilgan suyuqlik truboprovodidagi surma klapan ochiladi va qum loyqalatiladi, shundan keyin pulpoprovoddagi surma klapan ochiladi, u bo'ylab pulpa inshoot suvini qochirishga uzatiladi.
Chiqarib tashlash ishlari tugaganidan keyin pulpoprovod uning hajmiga 2 - 3 baravar keladigan miqdordagi ishchi suyuqlik bilan yuvib tashlanadi.
Ishlab chiqarish oqova suvlarida biogen elementlar kam bo‘lganligi sababli oqova suvlarga fosfat qo‘shimchalar kiritiladi, reagent sifatida 17.5b pozisiyasida 2 - sonli aralashtirish kamerasi oldidagi lotokka uzatiladigan 2,5 % trinatriyfosfat qabul qilingan.
Qumni tutib qoluvchilardan so‘ng oqovalar 17.5b pozisiyasidagi 2 - sonli aralashtirish kameralariga kelib tushadi, bu yerda ular tozalangan ishlab chiqarish oqova suvlari bilan aralashadi.
17.5b pozisiyasidagi aralashtirish kameralaridan so‘ng aralashgan ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlar 17.7 pozisiyasidagi hovuzlar to‘plamiga kelib tushadi.
Biologik tozalashga mo‘ljallangan hovuzlar to‘plami, eritilgan sanoat va maishiy organik ifloslanishlardan biologik tozalash uchun mo‘ljallangan.
Hovuzlar to‘plamiga tozalash uchun kelib tushayotgan oqovalar sarfi Qsoat=96,0 m3/h sutkasiga Qsut=2300,0 m3 ga teng.
pH 6.5-8.5;
KBBE (BPK) to‘liq (tinitilmagan suyuqlik) * - 241 mg/l
KBBE (BPK) to‘liq (tinitilgan suyuqlik) * - 166 mg/l
Muallaq moddalar - 148 mg/l
(Izox:* KBBE bo‘yicha laboratoriya tahlili 20 kun ichida olib boriladi.)
Sig‘imlar bloki aerobniy regenerator va stabilizator, aerotenka, ikkilamchi tindirgich va kontakt rezervuarlaridan iborat.
Aerotenka ichida faol loyqa va tozalanayotgan oqova suyuqlik sekin oquvchi 3 seksiyadan iborat rezervuardir.
Minerallashtiruvchi mikroorganizmlarning normal hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun aerotenkaga biokimyoviy jarayonlarda ishlatiladigan kislorod uzluksiz kelib turishi lozim.
Kerakli miqdordagi kislorod havo suv sathi orqali o‘tishi tufayli tabiiy diffuziyasi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas.
Shu maqsadda aerotenkaning har bir seksiyasiga siqilgan havo bir me‘yorda uzatiladi.
Aralashtirilgan ishlab chiqarish oqova suvlari aerotenkaga faol il va oqova suyuqlikni aralashtirish hamda zaruriy kislorod rejimini saqlab turish uchun uzatiladi.
SM - 100-65-250/4 markali nasoslar yordamida aerotenkalarni bo‘shatish liniyasi mavjud.
Shundan so‘ng tozalangan oqova suv faol il bilan ikkilamchi tindirgichlarga kelib tushadi, ular 3 seksiyali konussimon rezervuar bo‘lib, bu rezervuarda ular ajraladi.
Cho‘kkan faol illarning bir qismi tindirish qurilmasidan eyrlift yordamida taqsimlash bakiga haydaladi, keyin laboratoriya tahlillari, ya’ni mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan kelib chiqib, aerotenkada takror foydalanish uchun yoki aerob regenerator va aerob stabilizator sig‘imlariga taqsimlanadi.
Ikkilamchi tindirgichlardan so‘ng tozalangan oqova suv ikkita seksiyadan iborat bo‘lgan, kontakt (dezinfeksiyalovchi) rezervuarlarga qayta quyish yo‘li bilan jo‘natiladi, rezervuarlar oqova suvni zararsizlantirish va dezinfeksiyalashga mo‘ljallangan. Kontakt rezervuarining har bir seksiyasiga siqilgan havo bir maromda uzatilishi ko‘zda tutilgan.
Oqova suvlarni zararsizlantirish uchun kontakt rezervuar lotokiga 17.10 - pozisiya xloratoridan xlorli suv beriladi. Bu suv xlor gazni xo‘jalik - ichimlik suv bilan aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Gipoxlorid natriyni tayyor 200 litrli p/e bochkalardan uzatish liniyasi nazarda tutilgan.
Shundan keyin oqovalar o‘zi oqar-bosimli chizma bo‘yicha tashlamaga yoki bosimli truboprovodlarda avariya yuz bergan hollarda 17.8 a/b pozisiyada ko‘rsatilgan tozalangan suvlar to‘plagichiga kelib tushadi.
Tozalangan suv to‘plagichlarning ishlash prinsipi shundan iboratki, inshootga kelib tushayotgan tozalangan suvlar bosim truboprovodlarida avariya yuz bergan hollarda 17.8 a pozisiyadagi tozalangan oqova suvlar to‘plagichida va 17.8 b pozisiyadagi 2 dona minerallashgan oqova suvlar to‘plagichlarida yig‘iladi. Avariyaga barham berilgach, oqova suvlar asta-sekin ko‘chma nasoslar yordamida chiqarib tashlanadi.
To‘plagichlarning eng kam hajmi truboprovodlarda avariya yuz bergan hollarda tozalangan va minerallashgan oqova suvlarning 8 soatlik hajmiga mo‘ljallab hisoblangan bo‘lishi kerak.
To‘plagich bir qator parallel ishlaydigan seksiyalardan iborat bo‘lgan to‘g‘ri to‘rt burchak rezervuardir. Unga oqova suvlar tushadigan tomondagi me’yorlagich kengligi bo‘ylab taqsimlovchi kanal, chiqish joyida esa pastki yig‘uv kanali nazarda tutilgan.
Seksiyalarga suv berish uchun kanallarning devorlarida o‘lchami 500 x 500 bo‘lgan 6 dona teshik nazarda tutilgan.
Oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun har bir seksiyada o‘lchami 1000 x 1000 x 640 (soat) bo‘lgan chuqurcha nazarda tutilgan.
Truboprovodlardagi avariyaga barham berish vaqtida to‘plagichlar oqova suvlarni 8 soatgacha davomida qabul qilishga mo‘ljallangan.
Maydonchalar ichidagi tarmoqlarda vujudga kelgan vaziyatga qarab oqova suvlarni boshqa yoqqa burib yuborish uchun M4-tizimda pozisiya 17.8-kamerada diametri 300 mm bo‘lgan surma klapanlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida oqova suvlarni chiqarib tashlash rejimi boshqariladi.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling