Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet14/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

Sulfat kislota H2SO4
Sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan kimyoviy ifloslangan oqova suvlarni neytrallashtirish uchun ishlatiladi. 17.4 pozisiyadagi aralashtirgich neytralizatorga har sutkada 35 kg yoki soatiga 1,46 kg/soat gacha bo‘lgan hajmda uzatiladi. Neytrallashtirish uchun GOST 2184 bo‘yicha 93 % li H2SO4 dan foydalaniladi, bu quyuq holatida metallarga nisbatan agressiv bo‘lmagan rangsiz moyli suyuqlik.
17.14 pozisiyadagi cho‘kindini suvsizlantirish korpusining reagent xo‘jaligi bo‘linmasiga sulfat kislota umumzavod reagentlar omboridan 25 diametrli truboprovoddan keladi. Sulfat kislota truboprovodi L23 nuqtasi AVV tutashish nuqtasidan 17.14 pozisiyadagi cho‘kindini suvsizlantirish korpusigacha zanglamaydigan po‘latdan ishlangan. Cho‘kindini suvsizlantirish korpusining reagent xo‘jaligi bo‘linmasida sulfat kislotaning 4 sutkaga yetadigan zaxirasi V=160 litrli po‘lat idishda saqlanadi. Tovar mahsulot bo‘yicha yillik ehtiyoj 12977 kg ni tashkil etadi. Sulfat kislotani sarflash normasi 0,1296 kg/m3 ni tashkil qiladi.
Poliakrilamid PAA
Poliakrilamid oqova suvlarning koagulyanti sifatida qo‘llaniladi va tozalash inshootlari maydonchasining 17.5a pozisiyasidagi 1-aralashtirish kamerasiga uzatiladi. Shaffof yoki sutsimon-oq rangli yopishqoq gel ko‘rinishidagi kolloid. TSh 6.1-00203849 bo‘yicha tarkibida asosiy modda PAA da 6-9 % bo‘lgan A rusumi (ohakli poliakrilamid) chiqariladi. Yaxshilab yopilgan, polimerni qurib qolishdan asraydigan yog‘och yoki temir bochkalarda yetkazib beriladi.
Cho‘kindini suvsizlantirish korpusining reagent xo‘jaligi omborxonasida zaxira hisobidan 160 kg miqdorida saqlanadi. PAA sarfi 0,0003 kg/m3 ni tashkil etadi.
Trinatriyfosfat Na3PO4 x 12 H2O
Trinatriyfosfat oq yoki pushti rangli kristallardan iborat bo‘lib, trinatriyfosfat tarkibida P2O5 ning og‘irlik ulushi GOST 201 ga muvofiq kamida 18,5 % ni tashkil etishi kerak. To‘rt yoki qavatli kraft xaltada 35-45 kg saqlanadi.
Trinatriyfosfat sarfi 0,0096 kg/m3. Dozalanadigan eritmaning konsentrasiyasi 2,5 %. Reagent 17.14 pozisiyadagi chokindini suvsizlantirish korpusining reagent xo‘jaligi bo‘linmasi reagentlar omborxonasida zaxira hisobidan 300 kg miqdorida saqlanadi.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling