Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Oqova suvlarni tozalashning asosiy jarayoni ishini ta’minlash uchun reagentlar uzatish


Download 1.48 Mb.
bet11/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

2.8 Oqova suvlarni tozalashning asosiy jarayoni ishini ta’minlash uchun reagentlar uzatish.


Temir sulfat uzatish
Temir sulfat FeSO4 x 7H2O eritmasini tayyorlash va kerakli miqdorini aniqlash V=1 m3 xajmli X2.2 pozisiyadagi turbina aralashtirgichi bo‘lgan FeSO4 (eritmasining) (qorishmasining) zatvorli baklariga qo‘lda ortish nazarda tutilgan bo‘lib, V10 tizimidan texnik suvni zatvorli baklarga uzatadigan truboprovodlarda SVN rusumli elektrmagnit ventillar o‘rnatilgan, ular X2.2 pozisiyadagi baklarda eritma (qorishma) maksimal darajaga etishi bilan yopiladi. Ushbu baklarda FeSO4 eritmasi (qorishmasi) konsentrasiyasi 2,5 - 3,5 % ga yetguncha texnik suv qo‘shib suyultiriladi. Reagent va suvning miqdori hajm usuli bilan aniqlanadi.
Zatvorli baklardan hosil bo‘lgan gazlarni atmosferaga chiqarib tashlash nazarda tutilgan. Reagentlarning quvurdan chiqishi qo‘lda ochish va yopish uchun mo‘ljallangan ventil bilan ta’minlangan.
Temir sulfat FeSO4x7H2O ning zatvorli baklaridan reagent X2.1 pozisiyadagi so‘ruvchi nasoslarga uzatiladi. Nasoslar yopish armaturasi va joy bo‘yicha manometrlar bilan ta’minlangan. Nasoslarning ishchi bosimi 0,5 kgf/sm2, shuningdek nasoslarning xo‘jalik-maishiy oqovalar K1 tizimiga drenaji nazarda tutilgan.
Shundan keyin reagent X2.4 (V=1m3) pozisiyadagi 3 dona sarflash bakiga tushadi. X2.4 pozisiyadagi sarflash baklari hosil bo‘lgan gazlarni atmosferaga chiqarib tashlash liniyasiga, maydon ichidagi baklarni yuvish uchun V10 tizimli texnik suv tizimidan va xo‘jalik-maishiy oqovalar K1 tizimiga drenajdan texnik suv uzatish truboprovodiga ega. Shuningdek eritmani (qorishmani) X2.3 pozisiyadagi dozatorlarga bosim bilan o‘tkazish uchun umumzavod xo‘jaligidan texnik havo truboprovodi ham mavjud.
X2.3 pozisiyasidagi dozatordan 2,5 - 3,5 % li eritma (qorishma) I16.2 cho‘kindini boshqarish-aralashtirgichga uzatiladi. X2.3.pozisiyadagi boshqa dozatordan eritma (qorishma) tozalash inshootlari maydonchasiga 17.5a pozisiyasidagi 1-sonli aralashtirish kamerasiga uzatiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling