Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet12/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

Sulfat kislotani uzatish
X6.1 pozisiyadagi V=160 L sarflash bakiga Sulfat kislota H2SO4 L23 nuqtasining AVV ulanish nuqtasidan, ya'ni TM va XA sexidan belgilangan buyurtma asosida olinadi. Sulfat kislota bilan X6.1 pozisiyadagi V=160 L sarflash bakni to‘ldirish eng kam sathdan, diametri 50 mm bo‘lgan elektrmagnit uzatmali zatvorni ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi, bakdagi sath minimal darajada bo‘lganida qopqoq yopiladi.
Atmosfera bilan bog‘lanadigan, qo‘lda ishlatiladigan armaturali liniya nazarda tutilgan.
Shundan keyin sulfat kislota texnik havo yordamida X6.2. pozisiyadagi o‘lchov bakiga bosim ostida (передавливание) o‘tkaziladi. X6.2 pozisiyadagi o‘lchov bakidan kislotaning kelishi 17.4 pozisiyadagi neytrallashtiruvchi aralashtirgichning chiqish lotokida o‘rnatilgan pH-metr ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘lchov pH<6.5 ga yetganida elektrmagnit uzatmali qopqoq yopiladi, o‘lchov pH˂8,5 ga yetganida esa ochiladi. Atmosfera bilan bog‘lanadigan truboprovodlaridagi ventillar bak to‘ldirilayotganida ochiq bo‘ladi, bosim ostida (передавливание) o‘tkazilayotganda esa yopiq bo‘ladi.
Poliakrilamidni uzatish
0,1 % li poliakrilamid eritmasini (qorishmasini) tayyorlash va kerakli miqdori olish chizmasida X2.2 (V=3,2 m3) pozisiyadagi turbina aralashtirgichli zatvor bakka qo‘lda ortish nazarda tutilgan, V10 tizimidan texnik suvni zatvor bakka uzatadigan truboprovodda elektrmagnit uzatmali, diametri D25 bo‘lgan, bakdagi suv sathida ishlaydigan SVM rusumli ventil o‘rnatilgan. Atmosfera bilan bog‘lanadigan qo‘lda ishlatiladigan armaturali liniya nazarda tutilgan.
Poliakrilamidning zatvor baklaridan reagent X5.1 pozisiyadagi nasosning so‘rg‘ichiga uzatiladi. Nasos zapor armatura va joy bo‘yicha manometr bilan ta’minlangan, shuningdek xo‘jalik-maishiy oqovalar K1 tizimiga nasos drenaji nazarda tutilgan.
Nasosning ishchi bosimi 1,0 kgf/sm2.
Shundan keyin 0,1 % li poliakrilamid eritmasi (qorishmasi) X5.3 pozisiyadagi sarflash bakiga tushadi. X5.3. pozisiyadagi sarflash bakida hosil bo‘lgan gazlarni atmosferaga chiqarib tashlash liniyasi bajarilgan.
Eritmani (qorishmani) sarflash bakiga uzatish truboprovodida diametri Ø 50 bo‘lgan, 32a911r rusumli elektrmagnit uzatmali surma klapan nazarda tutilgan bo‘lib, u X5.3. pozisiyadagi bakda sath maksimal darajada bo‘lganida yopiladi va bir vaqtning o‘zida X5.1. pozisiyadagi nasosni o‘chiradi.
So‘ngra eritma (qorishma) X5.4. pozisiyadagi o‘lchov bakiga uzatiladi, unda ham hosil bo‘lgan gazlarni atmosferaga chiqarib tashlash liniyasi bajarilgan.
Eritmani (Qorishmani) X5.4. pozisiyadagi o‘lchov bakiga uzatish diametri Ø 50 bo‘lgan, elektromagnit uzatmali surma klapan bilan boshqariladi, u suv sathi maksimal darajada bo‘lganida yopiladi.
Shundan keyin 0,1 % li poliakrilamid eritmasi (qorishmasi) tozalash inshootlari maydonchasidagi 17.5a pozisiyadagi 1-sonli aralashtirish kamerasiga o‘zi oqib tushadi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling