Na3PO4 trinatriyfosfatni uzatish
2,5 % li trinatriyfosfat eritmasini (qorishmasini) tayyorlash va dozalash chizmasida X7.1 pozisiyadagi aralashtirgich turbinali zatvor bakka (V=1,0 m3) qo‘lda ortish nazarda tutilgan, texnik suvni V10 tizimidan zatvor bakka uzatadigan truboprovodda diametri Ø 25 bo‘lgan, zatvor bakdagi suvning sathidan ishlaydigan SVM rusumli el. uzatmali ventil nazarda tutilgan.
X7.1 pozisiyadagi zatvor baklardan hosil bo‘lgan gazlarni atmosferaga chiqarib tashlash joyi nazarda tutilgan. Chiqarib tashlash joyining truboprovodi qo‘lda ochish va yopish uchun ventil bilan ta’minlangan.
Zatvor baklardan 2,5 % li trinatriyfosfat eritmasi (qorishmasi) X7.2. pozisiyadagi nasoslarning so‘rg‘ichiga uzatiladi.
Nasoslar zapor armatura va joy bo‘yicha manometrlar bilan ta’minlangan, shuningdek nasoslarning so‘rg‘ichida va xo‘jalik-maishiy oqovalarning K1 tizimiga chiqarib tashlash liniyasida drenaj nazarda tutilgan.
X7.2 pozisiyadagi dozator nasosidan eritma (qorishma) texnologik qurilmaga 17.5b pozisiyadagi 2-aralashtirish kamerasiga uzatiladi.
Temir sulfat FeSO4 x 7N2O
Temir sulfat FeSO4 x 7H2O eritmasi kimyoviy ifloslangan va yog‘li oqova suvlar tarkibidagi sulfidlarni biriktirish uchun 2,5-3,5 %li eritma (qorishma) ko‘rinishida qo‘llaniladi va 17.5a pozisiyadagi 1-sonli aralashtirish kamerasiga uzatiladi.
Temir sulfat FeSO4 x 7H2O turli kattalikdagi yashil-moviy rangli kristallardan iborat bo‘ladi. GOST 6981 bo‘yicha Temir sulfat FeSO4x7H2O A va B markali 53 % va 47 % dagi, erkin sulfat kislotasi 0,25 % li va 1 % li, erimaydigan cho‘kindisi ko‘pi bilan 0,4 % va 1 % ni tashkil qiladi.
Og‘irligi ko‘pi bilan 1000 kg bo‘lgan maxsus qoplarda va og‘irligi ko‘pi bilan 50 kg bo‘lgan maxsus qoplarda yetkazib beriladi..
Temir kuporosini ehtiyoj hisobidan 1,0 t miqdorida 17.14 pozisiyadagi cho‘kindining suvsizlantirish korpusidagi reagentlar omborida quruq holda saqlash nazarda tutilgan. Tovar mahsulot bo‘yicha yillik ehtiyoj 1148 kg ni tashkil etadi.
Temir sulfat sarfi 0,0115 kg/m3 ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |