Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet16/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

3.1 Gipoxlorit natriyni uzatish.


Ballonda gaz holatidagi xlor tamom bo‘lganligi haqida TI tozalash sexi kimyoviy reagent xo‘jaligining apparatchisi smena muhandisiga xabar beradi.


Smena muhandisi rahbarligida kimyoviy reagentlar apparatchisi gipoxlorit natriyni maxsus tayyorlangan “A” polietilen bochkaga quyadi.
Kimyoviy reagent xo‘jaligining apparatchisi Ø 15 mm li 1-ventilni ochadi va aerotenka operatori bilan birga gipoxlorit natriyning 17.07 pozisiyaga tushishini kuzatadi.
Gipoxlorit natriy qo‘shilganidan keyin 3 soat o‘tgach, smena muhandisi ekotahlil laboratoriyasining smena muhandisiga 17.7 pozisiyadan (kontakt rezervuaridan) oqova suvlar namunasi qoldiq xlor tarkibini tahlil qilish uchun olinganligini xabar qiladi.
Tahlil natijalari asosida smena muhandisi kimyoviy reagent xo'jaligining apparatchisiga gipoxlorit natriy sarfini kamaytirish yoki ko'paytirish haqida ko'rsatma beradi.
Xlor bilan to'ldirilgan ballonlar sexga keltirilgach, smena muhandisi kimyoviy reagent xo'jaligining apparatchisiga 17.07 pozisiyaga gipoxlorit natriyni qo‘shishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma beradi.
Gipoxlorit natriy maxsus tayyorlangan 200 lirlik bochkada tamom bo‘lganidan keyin kimyoviy reagent xo‘jaligining apparatchisi gipoxlorit natriy bochkasini va truboprovodini yuvadi hamda №1 d=15 mm ventilni yopadi.
Gipoxlorit natriy tozalash inshootlarida oqova suvlarni suvsizlantirish uchun qo‘llaniladi. Gipoxlorit natriyni sarflash normasi 0,0134 kg/m3 oqova suvlarni tashkil etadi. Tovar mahsulot bo‘yicha yillik ehtiyoj 2630 kg ni tashkil etadi.


IV. 6401 qurilma.

    1. AD-6401A/V yog‘li oqova suvlarni qabul qilish rezervuari.


Yog‘li oqova suvlarni qabul qilish rezervuari oraliq sig‘im va tindirgich bo‘lib xizmat qiladi, suvni xomaki tozalashni ta’minlaydi, uni yaxshi tozalash separatoriga tushish uchun tayyorlaydi.


Yog‘li oqova suvlarni qabul qilish rezervuari (yog‘ aralashgan suv o‘rachasi YoASO‘) umumiy keltiruvchi kanalga ega bo‘lgan ikkita AD-6401 A va AD-6401 V kameralarga bo‘lingan.
Har bir kameraga kirish joyidagi klapanlarni ochib va yopib, har bir kameraning ishini alohida-alohida yoki kameralarning birgalikda ishlashini boshqarish mumkin.
Keltiruvchi kanal ikkita seksiyadan iborat. Seksiyalarning birinchi qismida cho‘ktirish yo‘li bilan hamda setkali filtr yordamida yirik bo‘laklar ushlab qolinadi.
Ikkinchi seksiyada ikkita yopish klapani va ikkita biridan ikkinchisiga quyiladigan quvur o‘rnatilgan.
Har bir YoASO‘ kamerasining kirish seksiyasi biridan ikkinchisiga quyiladigan boshqariladigan taqsimlash kanalidan iborat bo‘lib, oqim shu orqali o‘tadi. Bu kanal qattiq fazani cho‘ktirish uchun qo‘shimcha qurilma bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir kameraning chiqish seksiyasi o‘qida YoASO‘ tubidan 1,655 m balandlikda ikkita sarfni boshqarish o‘rnatilgan: bittasi 36 m3/soat (R-10.1R, R-10.2R) sarfiga, ikkinchisi esa 180 m3/soat (R-50.1R, R-50.2R) sarfiga ega.
Natijada chiqish seksiyasining biridan ikkinchisiga quyilish to‘sig‘idan har bir kameraning chiqish seksiyasining oxirigacha shlam va boshqa mayda dispersli zarralar cho‘kishi hosil qilinadi.
Faqat 36 m3/soat (R-10.1R, R-10.2R) sarfiga regulyatorlargina shtatli rejimda ishlaydi.
Ushbu sarflash regulyatorlarida mavjud bo‘lgan elektruzatkichli chiqish klapanlari ochiq bo‘ladi, boshqa sarflash regulyatorlaridagi qo‘lda boshqariladigan yopish klapanlari esa yopiq bo‘ladi.
Binobarin, YoASO‘ga kelayotgan suvning sarfidan qat’iy nazar har bir KPS (kaogulyatorli plastinkali separatorlar) ga sarf 36 m3/soat (R-10.1R, R-10.2R) bilan cheklangan.
Har bir sarf regulyatorining quvuri kirish joyida ikkita po‘kak (poplavok) bilan ta’minlangan va chiqish joyi egiluvchandir. Natijada suv sathining pasayishi yoki kutarilishiga qarab o‘zini o‘zi boshqaradi. Bu esa uning suv yuzasidagi yog‘li suvlarni tushirib olish, qattiq fazalarni chiqib yuborilishini kamaytiradi.
AD-6401 A/V kameralaridan keyin yog‘ aralashgan suv normal sarf 30 m3/soat bo‘lganida AD-6402 X taqsimlash kanaliga tushadi, bu yerda yog‘ aralashgan suv oqimlari KPS (koagulyatorli plastinkali separator) larga taqsimlanadi.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling