Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet19/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

Sarf regulyatorlari
YoASO‘ning AD-6401/A va AD-6401/V kameralaridan FJ-6401X va FJ-6401XS separatorlariga sarflash sarf regulyatorlari bilan boshqariladi.
Chiqish joyida suv sarfining regulyatorlari suyuqlikni to‘plash rezervuarlarida o‘rnatilgan, ular rezervuardan o‘zgarmas doimiy miqdordagi suyuqlik to‘xtovsiz chiqarib turilishini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Har bir kameraning chiqish joyida ikkita sarf regulyatori o‘rnatilgan: bitta regulyator 36 m3/soat R-10.1P, R-10.2P sarfiga, ikkinchi regulyator 180 m3/soat R-50.1P, R-50.2P sarfiga teng.
Shtatli rejimlarda (1 va 2-rejim) 36 m3/soat sarfiga faqat R-10.1P yoki R-10.2P regulyatori XV-64101 yoki XV-64102 elektruzatmali klapanlar bilan birga ishlaydi.
Boshqa sarf regulyatorlari R-50.1P, R-50.2P, qo‘lda boshqariladigan klapanlar bilan yopiq holatda bo‘ladi.
AD-6403X yog‘ to‘plagichi
Yog‘ to‘plagichdagi daraja uchta datchik: LAH1-64101X, LAH2-64102X va LSH3-64103X bilan nazorat qilinadi.
LAH1-64101X datchigi ovozli va optik signalizasiya hamda “daraja 70 %” degan yorug‘lik tablosi yordamida yog‘ darajasi 21000 litrga to‘g‘ri keladigan 70 % ekanligini ko‘rsatadi.
LAH2-64102X datchigi ovozli va optik signalizasiya hamda “daraja 100 %” degan yorug‘lik tablosi yordamida yog‘ darajasi 30000 litrga to‘g‘ri keladigan 100 % ekanligini ko‘rsatadi. Ovozli signalizasiyani tashlab yuborish mumkin, ammo optik signalizasiya vositalari va tablo daraja tegishlicha 100 % yoki 70 % belgisidan pastga tushgunicha yonib turishda davom etadi.
Signalizasiyaga e’tibor berilmagan taqdirda, YoASO‘ ning AD-6401 kamerasidagi XV-64101 va XV-64102 elektruzatmali klapanlar daraja > 100 % bo‘lganida LSH3-64103X maksimal daraja relesidan olingan signal bo‘yicha avtomat tarzda yopiladi.
Bu klapanlar uchun mahalliy boshqaruv shkafi panelida quyidagi holatlar indikasiyasi nazarda tutilgan: ochiq-yopiq – rad etiladi.
Asosiy boshqaruv shitida faqat “Ochiq” yoki “Yopiq” holatini indikasiyalash nazarda tutilgan.
Har bir elektruzatmali klapanning ijro etuvchi mexanizmidagi pereklyuchatel REMOTE (masofadan turib boshqarish) holatiga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Pereklyuchatellarning ushbu holatini indikasiyalash indikator lampalari yordamida boshqarish shkafi panelida va asosiy boshqaruv shitida nazarda tutilgan.
Agar pereklyuchatel LOCAL (mahalliy boshqaruv) holatiga qo‘yilgan bo‘lsa, elektruzatmali klapanlarni ijro etuvchi mexanizm (IEM) yordamida qo‘lda ochish yoki yopish mumkin. Bu avariya vaziyatida yoki texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida kerak bo‘lishi mumkin.
Qurilma shtatdagi rejimda ishlagan vaqtda IEM mahalliy boshqaruv panellari yopib qo‘yilgan bo‘ladi.
Elektruzatmali klapanlarni yog‘ darajasi 70 %dan pastga tushib ketganida mahalliy boshqaruv shkafining mahalliy boshqaruv panelidagi oxirgi vklyuchatel signali bo‘yicha yana ochish mumkin.
GA-6402 nasosini faqat boshqaruv shkafining mahalliy boshqaruv panelidan qo‘lda ishga tushirish mumkin, LCOL-64104X rele nasosni suyuqliksiz ishlashdan himoya qiladi.
AD-6403X yog‘ to‘plagichda daraja 70 % ga yetganida 2”SB64001-A1T bosim liniyasidagi №1 pozisiya va №3 pozisiya surma klapanlari qo‘lda ochiladi va AD-6401A/V yog‘ aralashgan suv o‘rachasi kameralariga drenaj liniyasidagi №2 pozisiya surma klapani yopiladi, faqat shundan keyin yengil kondensatni GA-6402 nasosi yordamida FB-8105 S/D rezervuarlariga haydash mumkin. Yengil kondensatni haydash AD-6403X yog‘ to‘plagichidagi daraja 25 % ga yetguncha amalga oshiriladi.
AD-6403X yog‘ to‘plagichda to‘planib qolgan suvni bo‘shatish nazarda tutilgan. Bunda №1 pozisiya va №2 pozisiya surma klapanlari ochiladi, №3 pozisiya surma klapani esa yopiladi, shundan keyin GA-6402 nasos qo‘lda ishga tushiriladi va suvni tortib olish keyinchalik tozalash uchun AD-6401A/V yog‘ aralashgan suv o‘rachasidagi kamerada amalga oshiriladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling