Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet21/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

Ishlatish rejimlari
3-jadval

Tartib raqami

Rejimlar

Unumdorlik

Ish holatida

Zaxirada

1

Shtatdagi rejim



36 m3/soat

AD-6401А
FJ-6401X

AD-6401В
FJ-6401XS

2

Shtatdagi rejim



36 m3/ soat

AD-6401В
FJ-6401XS

AD-6401А
FJ-6401X

3

Maksimal unumdorlik FJ-6401X bo‘lganidagi rejim

180 m3/ soat

AD-6401А
FJ-6401X

AD-6401В
FJ-6401XS

4

Maksimal unumdorlik FJ-6401XS bo‘lganidagi rejim



180 m3/ soat

AD-6401В
FJ-6401XS

AD-6401А
FJ-6401X

5

Maksimal unumdorlik FJ-6401X va FJ-6401XS bo‘lganidagi rejim



2 х 180 m3/ soat

AD-6401А
AD-6401В
FJ-6401X
FJ-6401XS

-

6

O‘t o‘chirish tizimi suvini to‘plash va dastlabki tarzda tozalash



Suv bo‘yicha sig‘im 4500 m3



AD-6401А
AD-6401В

FJ-6401X
FJ-6401XS

7

Dastlabki tarzda tozalangan suvni o‘t o‘chirish tizimidan chiqarib tashlash



FJ-6401X va FJ-6401XS baypaslar orqali chiqarib tashlash

AD-6401А
AD-6401В

FJ-6401X
FJ-6401XS

Qurilmani boshqarish uchun mahalliy boshqaruv shkafi nazarda tutiladi.


Hamma signalizasiyalar uchun boshqarish panelida alohida indikasiya nazarda tutiladi. Umumiy signalizasiya faqat asosiy boshqaruv shitiga chiqariladi.


4.3 Quyi molekulyar polimerlarni vaqtincha saqlash qurilmasi


Polimer bu - Polietilen ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan, har xil tarkibli va molekulyar og‘irlikdagi komponentlar bo‘lib, bu asosan quyi molekulyarli polimer (past molekulyar og‘irlikga ega polimer, monomolekulyar polimer, PE smola) lar deb yuritiladi.


Quyi molekulyar polimer suyuq yoki gelsimon massa bo‘lib, polietilen sexining DA–2203 kolonnasi ostki qismidan keladigan maxsulot hisoblanadi. Quyi molekulyar polimer 2100S haroratda, 392 kPa bosim bilan chiqariladi va o‘z oqimida (bosimsiz) alohida oqim bo‘lib FA–6806 buferli idishga past molekulyar polimerning komponent tarkibi va xususiyatlari (zichligi, yopishqoqligi) uni ishlab chiqarishning ishchi sharoitlaridan, ishlab chiqarilayotgan polietilen markasiga bog‘liq xolda keng diapazonda o‘zgaradi.
Agar quyi molekulyar polimerning haqiqiy ko‘rsatkichlari – o‘zgaruvchan tarkibi, harorati, zichligi va yopishqoqligi bug‘ qozonlarning samarali va xavfsiz ishlatilishi talablariga javob bermasa, maxsulot FA – 6806 idishdan uning yig‘ilishiga qarab chiqarib olish, konteynerlarga yuklash va ularni belgilangan tartibda utilizasiyaga yoki iste’molchilarga sotish uchun jo‘natiladi. Konteyner hajmi 1,0 m3 tekis tubli silindrik idish bo‘lib, quvurlarga ulanib to‘kib olish uchun armatura bilan, yuqori qismidan kuzatuv jumragi (sath o‘lchagich) bilan, yerga ulanish uchun klemma va mash’ala tarmog‘iga ulanish uchun esa quvur bilan jihozlangan.
Konteynerlarga to‘kib olingan quyi molekulyar polimerlar maxsus avtomashina yordamida polimerlarni vaqtincha saqlash qurilmasidagi 54 m3 hajmli idishga olib kelib quyiladi. Polimerlarni vaqtincha saqlash qurilmasidagi idish 54 m3 hajmli gorizontal holatdagi elleptik shaklida bo‘lib, idishdan chiqish quvurida yig‘ilgan maxsulotni chiqarish uchun zadvijka, CNA – 65/22 markadagi 1 (bir) dona nasos, maxsulotni avtomashinaga yuklash uchun quvur va maxsulotni haydashdan oldin yumshatish (serkulyasiya) uchun quvurlar bilan jihozlangan.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling