Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


Koagulyatorli plastinkali separatorlar (KPS) FJ-64014X/XS


Download 1.48 Mb.
bet17/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

4.2 Koagulyatorli plastinkali separatorlar (KPS) FJ-64014X/XS


Separatorlar (koagulyatorli plastinkali separatorlar) yog‘ aralashgan suvni yaxshilab tozalash hamda suvdagi yog‘lar miqdorini talab qilinadigan darajaga yetkazish uchun mo‘ljallangan. Separatorlar yengil suyuqliklarni ifloslangan texnologik suvdan va kuchli yomg‘ir oqovalaridan ajrata oladi.


Yengil suyuqliklar, masalan, mineral yog‘ bilan ifloslangan texnologik suv va yomg‘ir oqovalari sarfi 30 m3/soat va atrofdagi muhit haroratiga teng bo‘lgan, suvga botirilgan kirish quvuri orqali o‘zi oqib tushadi.
Neft mahsulotlarining yirik tomchilari tezda suv yuzasiga ko‘tariladi va AD-6403X yog‘ to‘plagich bilan birlashtirilgan yog‘ ajratkich tomonidan yo‘q qilib yuboriladi.
Plastinalar to‘plami bir-biridan balandlik bo‘yicha 6 mm masofada gorizontal joylashgan qat-qat buklangan oleofil plastinalardan iborat.
Ushbu plastina to‘plamlarida mayda dispersli yog‘ tomchilari yirik tomchilarga birlashadi, ular qat-qat buklangan plastinalardagi filtrasiya teshiklari orqali suv yuzasiga ko‘tariladi. Suv yuzasida yog‘ qatlami hosil bo‘lib, u suv chiqish quvuri oldiga o‘rnatilgan to‘siqda ushlanib qoladi.
Bunda suv yuzasida to‘plangan yog‘ pardasi ikkinchi separator bilan olib tashlanadi va yog‘ to‘plagichga o‘zi oqib tushadi, normal ishlaganda sarf 0,15 m3/soat ga teng bo‘ladi.
Yog‘ ajratkichning holati balandligiga qarab boshqariladi. U boshqariladigan qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu qopqoqlar gidravlik yuk ortishi tufayli suvning sathi shtatdagi darajadan ko‘payganida AD-6403X yog‘ to‘plagichga suv tushishi imkoniyatining oldini oladi. Suv darajasi pasayganida bu qopqoqlar avtomat tarzda ochiladi.
Separator ikkita KPS, FJ-6401X va FJ-6401XS, taqsimlash kanalidan AD-6402X, umumiy moy to‘plagichdan AD-6403X va nasos bo‘limidan AD-6404X iborat.
Ikkita KPS ning har biri 180 m3/soat ga teng maksimal gidravlik bosimga mo‘ljallangan, 72 ta koagulyator plastinalar to‘plami ikki qator qilib o‘rnatiladi, ularning har biri 6 ta paket to‘plamidan iborat.
Suv yog‘ ajratkichga YoASO‘ dagi regulyatorlar tomonidan taqsimlash kanaliga ulangan ikkita quvur orqali uzatiladi.
Har bir separatorga chiqish joyidagi yopish klapanlarini ochib va yopib, bu quvurlardan birga yoki alohida-alohida foydalanish mumkin.
Shtatdagi rejimda faqat bitta YoASO‘ kamerasi va bitta KPS separatori ishlaydi, ikkinchi kamera va ikkinchi separator esa zaxirada turadi. Bunda R-50.1R va R-50.2R regulyatorlarining yopish klapanlari yopiq bo‘ladi.
Yong‘in chog‘ida R-50.1R va R-50.2R sarflash regulyatorlarida o‘rnatilgan XV-64101X va XV-64102X klapanlari elektruzatkichdan asosiy boshqaruv shitidan masofadan turib ochiladi va o‘t o‘chirish tizimining ifloslangan suvi YoASO‘ da to‘planadi.
Klapanlar uchun elektruzatkichda ochiq-yopiq holati ko‘rsatkichlari nazarda tutilgan.
O‘t o‘chirish tizimidan chiqqan suv tarkibida zararli moddalar bo‘lishi mumkinligidan, u tegishli tarzda oldindan qayta ishlanmasdan turib separatorlarga tushmasligi kerak.
Yog‘ aralashgan suvni tozalash qurilmasi uchun o‘t o‘chirish tizimidan chiqib dastlabki tarzda tozalangan suvni qayta ishlashning uchta rejimi nazarda tutiladi.
3-jadval


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling