Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi


III. Suyuq xlor va gipoxlorit natriy bilan dezinfeksiya qilish. Poz 17.10


Download 1.48 Mb.
bet15/24
Sana08.03.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1251505
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023

III. Suyuq xlor va gipoxlorit natriy bilan dezinfeksiya qilish. Poz 17.10


Tozalash inshootlarida oqova suvlarni zararsizlantirish uchun qo‘llaniladi. Suyuq xlorni sarflash normasi 0,0072 kg/m3 ni tashkil etadi. Yillik sarf Qg=0,0072 kg/m3 x 808032 m3/yil= 5818 kg/yil.


Suyuq xlor pozisiya 17.7 kontakt rezervuarlaridagi oqova suvga, vodoprovoddan olingan ichimlik suvda xlorni tayyorlash hamda uni dozalarga ajratish uchun xizmat qiladigan xlorator-asbob yordamida qo‘shiladi.
17.10 pozisiyadagi xlorator xonasida uzluksiz vakuumda ishlaydigan xlorator asboblar qo‘llaniladi, ularda dozalanadigan gaz siyraklashgan bo‘ladi.
Xlorator binosi xlorator suvini kiritish joyi yaqinida va boshqa ishlab chiqarish hamda ma’muriy binolardan portlash oqibatida chiqadigan yong‘indan saqlaydigan masofada joylashtiriladi.
Suyuq xlor bosimi 6 kgf/sm2 gacha bo‘lgan 50 litr sig‘imli ballonlarda yetkazib beriladi.
Ballon deyarli tubigacha tushirilgan sifon naycha bilan ta’minlangan bo‘lib, ana shu naycha orqali xlor ballondan chiqadi.
Xloratorga faqat gaz holatidagi xlor uzatilishi kerak bo‘lganligidan, dozatorga boradigan xlor quvuri oraliq ballonga (loyqani tutib qoluvchi) ulanadi. U suyuq xlorni kiritish va gaz holatidagi xlorni chiqarish uchun mo‘ljallangan oddiy standart ballondir.
Suyuq xlor oraliq ballonga tushadi, uning tubiga tushadi (bo‘lishi mumkin bo‘lgan ifloslar bilan birga) va bug‘lanib, gaz holatida xlor apparatiga chiqadi.
Ballonlardan chiqqan xlor sarfi torozi yordamida o‘lchanadi, unga suyuq xlorli ballonlar qo‘yiladi.
Gaz holatidagi xlor LONII-100KM xlorator asbobga keladi, bu yerda xlorni oqova suvlarni zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan 17.7 Texnik ma’lumotlar:

2-jadval


Parametr nomi, o‘lchov

Norma

Xlor sarfi bo‘yicha unumdorlikni tartibga solish chegaralari, kg/soat

2 - 8

Xloratordan chiqish joyida xlor-gaz bosimining chegaralari, MPa (kgf/sm2)

0,1-0,4 (1 ‑ 4)

Xloratordagi nominal ishchi siyraklik, kPa (kgf/sm2)

Minus 5 (minus 0,05)

Ejektor bilan xloratorning vakuum tizimida hosil qilinadigan maksimal siyraklik kamida, MPa (kgf/sm2)

Minus 0,06 (Minus 0,6)

Ejektorning kirish joyidagi suv bosimining chegarasi, MPa (kgf/sm2)

0,25-0,5 (2,5-5)

Ejektorga kirish joyida suvning bosimi minimal bo‘lganida ejektor orqali suv sarfi, m3/soat

3,3±0,2

Ejektorga kirish joyida suvning bosimi maksimal bo‘lganida ejektor orqali suv sarfi, m3/soat

4,2±0,5

Ejektorning chiqish joyida suvning eng yuqori bosimi, MPa (kgf/sm2)

0-0,02 (0-0,2)

Ejektor oldida suvning ishchi bosimi, MPa (kgf/sm2)

0,4-0,5 (4-5)

Xlorator massasi, ko‘pi bilan, kg

18




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling