Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi
Download 1.48 Mb.
|
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023
Yog‘ to‘plagichdagi yog‘ darajasi to‘lib-toshganlikdan ogohlantirish signalizasiyasi qurilmasiga ulangan LAH (daraja oshganligidan ogohlantirish signalini beruvchi kontaktlar) datchiklari bilan nazorat qilinadi. Yog‘ darajasi 70 % bo‘lganda 21000 litr hajmga to‘g‘ri keladigan va 100 % bo‘lganda 30000 litr hajmga to‘g‘ri keladigan ovozli signalizasiya va ko‘rish signalizasiyasi nazarda tutilgan. Daraja 70 % ga yetganida yog‘ to‘plagich TSS dagi FB-8105 S/D rezervuaridagi (yengil kondensat rezervuari) qo‘lda boshqariladigan GA-6402 nasosi yordamida bo‘shatilishi kerak. Kameradagi yog‘ning maksimal hajmi 30000 litrni tashkil etadi va 100 % darajasiga mos keladi. Daraja 100 % bo‘lganida kamera darhol bo‘shatilishi kerak, agar bu shart bajarilmasa, elektruzatishli XV-64101X va XV-64102X klapanlari LHS daraja datchigidan ogohlantirmasdan avtomat usulda yopiladi. Bu klapanlarni yog‘ darajasi 70 % dan pastga tushganidagina ushbu klapanlarning ijro etuvchi mexanizmi yordamida qo‘lda yoki asosiy boshqaruv shitidan masofadan turib ochish mumkin. Tozalangan suv GA-6401&S nasoslari joylashgan nasos bo‘linmasiga tushadi. LSAH daraja regulyatori nasos bo‘linmasidagi suv darajasini avtomat tarzda boshqaradi va uzluksiz indikasiyalaydi. Suvning darajasi ikkala nasos ishga tushirilganidagi darajadan yuqori bo‘lganida elektruzatmali XV-64101X va XV-64102X klapanlari LSAHdan olingan signal bo‘yicha avtomat usulda yopiladi. Bunda ovozli va vizual signalizasiya nazarda tutiladi. Suvning darajasi ikkala nasosni ishga tushirgandagi darajadan pastga tushganida klapanlarni yana ochish mumkin bo‘ladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling