Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi
Download 1.48 Mb.
|
КУРС ЛОЙИҲА SCHTT 2022-2023
AD-6404X nasos bo‘linmasi
64105X pribori darajani nazorat qiladi va AD-6404X nasos bo‘linmasidagi GA-6401 va GA-6401S nasoslarini boshqaradi. Bo‘linma tubidan metrlarda darajani uzluksiz indikatsiya qilish nazarda tutilgan. Shtatdagi rejimda (1,2- rejimlar) faqat bitta nasos ishlaydi, ikkinchisi esa zaxirada turadi. Nasosning holati – ishlashga tayyor, ish, ishlamaslik – indikatorlar tomonidan oq-yashil-qizil ranglarda ko‘rsatiladi. Nasos ishlamaganida ovoz bilan va optik signal berish nazarda tutilgan. Birinchi nasos daraja 1,6 m. (LCIH1) bo‘lganida avtomat usulda ishga tushiriladi va daraja 0,85 m (LCOL) bo‘lganida avtomat usulda to‘xtatiladi. Birinchi nasos ishlamay qolganida ikkinchi nasos daraja 2,15 m (LCIH2) bo‘lganida avtomat usulda ishga tushiriladi va daraja 0,85 m (LCOL) bo‘lganida avtomat usulda to‘xtatiladi. Qurilma yuqori unumdorlik bilan ishlaganida ikkala nasos tegishli darajalarga erishilganida avtomat usulda ishga tushiriladi va daraja 0,85 m bo‘lganida avtomat usulda to‘xtatiladi. GA-6401 va GA-6401S nasoslarining birini o‘chirib, ikkinchisini ishga tushirish signalni shakllantirish qurilmalari yordamida avtomat usulda bajariladi. Gidravlik yuk ortib ketganida yoki ikkala nasos ishlamay qo‘yganida XV-64101 va XV-64102 elektruzatmali klapanlar nasos bo‘linmasida suvning darajasi 2,5 m ga ekvivalent bo‘lgan >100 % darajada LSAH3 signali bo‘yicha avtomat usulda yopiladi. Ushbu darajani indikatsiyalash uchun ovozli va optik signalizasiya, shuningdek “Daraja >100 %” degan tablo nazarda tutilgan. LSAH3-64103X va LSAH3-64105X qurilmalaridan beriladigan elektruzatmali klapanlarni yopish signallari qo‘l vklyuchatellaridan beriladigan boshqa hamma ko‘rsatmalardan ustun turadi. Hatto agar IM dagi mahalliy panellarning (blokirovka qilingan) pereklyuchatellari xato oqibatida LOCAL (mahalliy boshqaruv) holatiga qo‘yilgan bo‘lsa ham, ana shu signallar bo‘yicha klapanlar avtomat usulda yopiladi. Tozalangan, normal rejimda 180 m3/soat miqdorda sarflanadigan va bosimi 4,2 bar bo‘lgan suv yana tozalash uchun oqova suvlarni tozalash inshootiga haydaladi (6400 - qurilma). Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling