Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


Download 162.01 Kb.
bet11/20
Sana21.04.2023
Hajmi162.01 Kb.
#1375238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar

Bank krediti — kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi.U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga ( tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori ) pul ssudalari shaklida beriladi. Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar ( faoliyat ko'rsatuvchilar ) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar esa ssuda kapitali egalari bo'ladi.
Bank kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklari boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarikreditlash portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir.
Bank krеditi – krеditning eng qulay va kеng tarqalgan shakllaridan biridir. Bank krеditi “ Banklar va bank faоliyatlari to’grisida ” gi qоnun talablari asоsida tashkil etiladi.Shuni ta’kidlash kеrakki, banklar krеdit muassasalari sifatida faоliyat yurituvchi tijоrat tashkilоtlari dеyiladi. Ular xo’jalik subyеktlari hamda aholining bo’sh pul mablag’larini ma’lum fоizlarda bеriladigan haq evaziga o’zlariga jalb qilib fоyda оlish uchun aholining va korхоna hamda tashkilоtlarning pulga bo’lgan talablarini qоndirish maqsadida ularga krеdit shaklida bеriladi.Albatta, banklar krеdit pullarini har qanday ehtiyojmandlarga bеravеrmaydi, ular krеditni xo’jalik va tijоrat faоliyatida samarali ishlatib fоyda оla biladigan mijоzlargagina taklif etishadi.
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:

  1. Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra

    1. Tovar – moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.

    2. Ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit.

  2. To’lash muddatiga ko’ra (qisqa , o’rta va uzoq muddatli)

    1. Muddatli

    2. Muddati kechiktirilgan

    3. Muddati o’tgan.

  3. Kreditni to’lash manbalariga ko’ra.

    1. Qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobiga.

    2. Garant mablag’lari hisobidan

    3. Yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.

  4. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.

    1. Bevosita to’g’ri ta’minlangan ( o’z mulki va mablag’i hisobiga).

    2. Bilvosita ta’minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)

    3. Ta’minlangan kreditlar ( sug’urta va yuqori tashkilotlar)

  5. To’lanadigan foiz darajasiga ko’ra

    1. Past foiz stavkali.

    2. O’rta foiz stavkali

    3. Yuqori foizli

    4. Foizsiz (hukumat qaroriga ko’ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun).

Bank krediti qaytarish muddatiga ko’ra qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi.Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o’z ichiga oladi.

Jumladan:






Download 162.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling