Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»
Download 162.01 Kb.
|
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 yilcha 1 yilgacha 3 yilgacha 1 yilgacha
- 1-6 yil 3-10 yil 2-7 yil 1-3 yil
- 7 yildan ortiq 3 yildan ortiq
- Uzoq muddatli kredit
- Davlat krediti
Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag’larni moliyalashtirishga ,o’rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi. Uzoq muddatli kredit turlariga kelganda esa,u ham kredit munosabatlari tarkibida alohida o’rin egallaydi. Uzoq muddatli kreditlar - xo’jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga mo’ljallangan obyektlarni qurish,qayta tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir harajatlarni sarmoya (investisiya) bilan ta’minlash, yangi turdagi mahsulot va yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirish, shuningdek boshqa investision maqsadlar uchun va ishlab chiqarishni qayta tiklash va yangilash bilan bog’liq tez qoplanuvchi va yuqori samara beruvchi tadbirlar uchun beriladi. Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi.Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi.Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir.Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi,qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari ,jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har – xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi.Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash , davlat ahamiyatiga ega bo’lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo’lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin. Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo’li bilan yoki to’g’ridan to’g’ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. Krеdit shakillaridan biri sifatida davlat krеditi davlat bilan aholi va mikrоiqtisodiy tuzilmalar o’rtasida iqtisodiy munоsabatni vujudga kеltiradi.Davlatning krеdit munоsabatlari subyеktiga aylanishi shu bilan izohlanadiki,u bоzоr iqtisodiyoti sharоitida,ayniqsa,bоzоr munоsabatlariga o’tish davrida,iqtisodiy markaz sifatida ro’l o’ynaydi. Davlat milliy iqtisodiyotining taqdiri va istiqbоliga ma’sul tuzilma sifatida ham qarz bеradi, ham qarz оladi. U qarzni aholidan, kоrхоnalardan, tashkilоtlardan, хоrijiy davlatlar va kоmpaniyalardan оlib, uni milliy iqtisodiyotga chuqur strukturaviy o’zgarishlar qilish, iqtisоdiyotni bоzоr talablariga mоslashtirish maqsadlarida safarbar qiladi. Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi. Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish,moliya bozorlarida davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo’lishi mumkin. Download 162.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling