Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»
Download 162.01 Kb.
|
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’mol krediti
- Tijorat krediti
Istemol krediti - Tijоrat banklari tadbirkоrlik uchun firmalarga qarz bеrsa,istе’mоlchilarga tоvar sоtib оlish uchun qarz bеradi.Buning natijasida istе’mоl krеditi paydо bo’ladi.Bunda bank istеmоlchilarga krеdit kartоchkalari bеradi,ularga ma’lum summaga qadar tоvarlar хarid etadilar,хarid puli banklar magazinlar bеrgan schyotga qarab to’lanadi.Boshqacha aytganda:xususiy shaxslarga,hammadan avvalo,uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar ) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi.U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Bunday krеdit g’оyat imtiyozli bo’ladi.Istе’mоl krеditi aholining istе’mоl ehtiyojlarini qоndirishga mo’ljallangan. Iste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi.Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin. Iste’mol krediti ikki shaklda:pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin.Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun,har xil tovar va xizmatlar,uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi. O’zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy – joy sotib olish va qurishga,avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda. AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar,oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o’qishni tugatib ishlash davomida uzadi. Tijorat krediti —bu korxonalar ,birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir–biriga beradigan kreditlaridir.Tijorat krediti,avvalo,toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini ko’rsatishi va aniqlab berishi shart.Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi.Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish,bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq obyektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi.Tijorat banklari kredit siyosati hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tijorat kreditining iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining ob’ekti bo’lib sotiladigan tovarlar,subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi.Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat. Download 162.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling