Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»
Download 162.01 Kb.
|
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar
Kredit Munosabatlari Zarurligi
Iqtisodiyotda resurslar, tovarlar va daromadlar doiraviy aylanishida, bir tomondan pul mablag’lariga talab sezilsa , boshqa tomondan vaqtincha bo’sh resurslari paydo bo’ladi.Bu va takror ishlab chiqarish jarayonining uzliksizligini taminlash talabi kredit munosabatlarini zarur qilib qo’yadi. Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar , davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o’rnida berishi mumkun . Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar , iqtisodiy resurslar va pul mablag’larning doiraviy aylanishi Kredit munosabatlarining mavjud bo’lishini taqazo qiladi. Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini uzluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi.Bu xolat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq: Naqd puldan foydalanishni kamaytirib,muomila harajatlarini,pul emissiyasini kamayishini ta’minlaydi. Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi. Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega. Kredit tufayli xo’jaliklar o’rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi , mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining o’zluksizligi ta’minlanadi va boshqalar. Download 162.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling