Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»


Download 162.01 Kb.
bet17/20
Sana21.04.2023
Hajmi162.01 Kb.
#1375238
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar

Ipoteka krediti -koʻchmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi.Ya’ni yakka tartibda uy-jоy qurish maqsadlariga bеriladigan uzоq muddatli krеditlarga ipоtеka krеditi dеyiladi.Bunday ssudalar berish vositasi,banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.Yakka tartibda uy-jоy qurish maqsadlariga bеriladigan uzоq muddatli krеditlar ipоtеka krеditlariga dеyiladi.
Malumki, ipoteka kreditining asosiy afzalligi, uning qurilayotgan yoki sotib olinayotgan uy–joy ,kvartira, ishlab chikarish obyektini garovga olgan holda kreditlash imkoniyatining vujudga kelishidadir.Bu O’zbekiston sharoitini,uy–joyga bo’lgan katta talab mavjudligini inobatga olgan holda yanada muhim ahamiyat kasb etadi.Bu holatga uy–joy qurish uchun kredit olayotgan jismoniy shaxsning yoki ishlab chikarish obyektini qurish uchun kredit olayotgan yuridik shaxsning kredit qaytarishi taminoti sifatida qo’shimcha mol–mulk mavjudligi talab etilmaydi.
O’zbekistonda keyingi yillarda iste’mol krediti hisoblangan ipoteka krediti juda tez sur’tlar bilan rivojlanib bormoqda.Ipoteka krediti iqtisodiyotning markazlashgan tuzumi sharoitida mavjud bo’lmagan.Bu holat o’sha davrda nashrdan chiqqan lug’atlarda ham e’tirof etilgan.Xususan,1998–yilda mamlakatimizda nashrdan chiqqan O’zbekiston sovet entsiklopediyasida ipotekaga “ Ipoteka ( yun ), uzoq muddatli kredit olish uchun ko’chmas mulk ( yer,moratlar ) ni garovga qo’yish. Sotsialistik mamlakatlar yo’q.”,deb ta’rif etilgan.
Uy-joy qurishga,uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlarini berish keng yo’lga qo’yilib kelinmoqda. Shuni aytish lozimki, so’nggi yillar davomida aholining uy–joyga bo’lgan talabi keskin ravishda oshib bormoqda.Buni so’nggi ikki yil davomida uy–joy bozoridagi narxlarning tahlilida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Narxlar indeksi deyarli o’n barobardan oshib ketdi.Mavjud holat aholining bank kreditlariga bo’lgan talabini ko’paytirib yubordi.Bu esa albatta O’zbekiston Respublikasi hukumati Markaziy banki va tijorat banklari rahbariyatidan chetga qolgani yo’q.Uy–joy bozoridagi holatini stabillashtirish va aholining bank kreditlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida « Ipoteka o’g’risida » gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan.
Mazkur Qonun asosida 2007–yil 3–yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2–sonli Qarori bilan «Uy–joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to’g’risida » gi Nizomning tasdiqlanishi ipoteka krediti bo’yicha huquqiy-me’yoriy bazani yanada mustahkamladi.
Shu asoslarga ko’ra ipoteka kreditining berilish tartibi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tsak:
Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik,to’lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlari asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  1. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida,qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy–joy qurish va rekonstruksiya qilish;

  2. Yakka tartibdagi uy–joyni yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.

Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
-ipoteka krediti berishni qo’llab–quvvatlash jamg’armasining imtiyozli kredit liniyalari;
-kredit liniyalari,shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari,xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investisiyalari;
-tijorat banklarining o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari.
Odatda Jamg’armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar uch yillik imtiyozli davr va foiz stavkasi bilan kamida 15–yil muddatga beriladi, foiz stavkasi miqdori ipoteka krediti berishni qo’llab–quvvatlash jamg’armasini
Boshqarish bo’yicha Vasiylik Kengashi tomonidan har bir kredit liniyasi bo’yicha tasdiqlanadi va u yiliga 5 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas.Tijorat banki tomonidan Jamg’armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori:

  1. yakka tartibda uy–joy qurilishi va sotib olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish xaqining 3000 baravarigachani;

  2. yakka tartibda qurilgan uy–joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigachani tashkil etadi.




Download 162.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling