Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi»
Download 162.01 Kb.
|
Kurs ishi Sunnatov Aliakbar
Xalqari kredit–Bu kreditni paydo bo’lishiga ob’yektiv asos bo’lib xo’jalik hayotining baynamillashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Xalqaro kredit—Bu Ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi.Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi.Kreditor va qarz oluvchilar banklar ,xususiy firmalar,davlat,xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. Bunda bir davlat banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga,banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga kreditlar beriladi. Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: -kreditorlar va qarz oluvchilar - xususiy yuridik shaxslar (banklar,kompaniyalar va firmalar),davlat tashkilotlari va xalqaro valyuta krediti institutlari bo'lishi mumkin; -qarz mablag'lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keitiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; -ssuda foizi manbasi qarzdor mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi. Xalqaro bank krediti–Bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga,yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o'rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan kredit shaklidir .Bank kreditlari qarz oluvchilar tomonidan xohlagan maqsadlarga ishlatilishi mumkin.Bugungi kunda xalqaro bank kreditining ko’rinishlaridan biri bu eksport bank kreditidir .Bundan tashqari,xalqaro kreditlarning xalqaro davlat krediti ko’p tarmoqli xalqaro zayom va kreditlar, yevro kreditlar, yevro bozorlar va xalqaro moliya kredit institutlarining turli kreditlari mavjuddir. Xalqaro kredit ichki kredit bilan uzviy aloqalarda bo’ladi va qiymat shakllarini almashtirish jarayonidagi kapital harakatining barcha bosqichlarida ishtirok etadi. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar muhitida ssuda kapitalining harakatidan kelib chiqqan holda o’ziga xos funksiyalarni bajaradi: -Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida mamlakatlar orasida kapitalni qayta taqsimlaydi. -Turli valyutalarga asoslangan naqd pulsiz to’lovlarni rivojlantirish orqali xalqaro hisob–kitoblar muhitida muomala xarajatlarini tejaydi. Kapitalning markazlashuvi va jamg’arilishini kuchayishiga xizmat qiladi. Xalqaro xususiy va firma kreditlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi tijorat kreditlarining bir ko’rinishi bo’lib bir mamlakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakat firmasiga tovarlarni kechiktirib to’lash huquqini beradi. Bunday kredit o’tkazuvchan veksel (Tratta) bilan hujjatlashtiriladi. Firma kreditlari ochiq raqam orqali ham hisob–kitob qilishi mumkun.Bugungi kundagi firma kreditlarni zamonaviy shakli eksportyorlardan importyorlariga beriladigan kredit shakli hisoblanadi. Firma kreditlarining foiz stavkalari bozor stavkalariga nisbatan past bo’ladi,chunki eksportni kreditlash tizimi davlat tomonidan subsidiya qilinadi. Download 162.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling